Toşkentdagi Singapur menejmentni rivojlantiriş institutida (TSMRI) bölib ötgan seminar davomida Jahon banki «Inson kapitalini rivojlantiriş» loyihasini va Özbekistonda ta'lim sohasining hozirgi holatini tahlil qiluvçi ma'ruzaning asosiy xulosalarini taqdim etdi.

TSMRI dagi seminarda manfaatdor vazirliklar va idoralar, ta'lim sohasi, xalqaro taşkilotlar va diplomatiya korpusi, xususiy soha vakillari, jurnalistlar va talabalar iştirok etgan.

Inson kapitali – kişilar öz hayoti mobaynida yiğib boradigan, ularga jamiyatning foydali a'zolari sifatida salohiyatini amalga oşirişiga imkon beradigan bilimlari, könikmalari va salomatligidir.

Ovqatlaniş va soğliqni saqlaşni yaxşilaş, sifatli ta'lim beriş, iş örinlarini yaratiş va kasbiy könikmalarga örgatiş asosida insonlarga sarf qilinadigan davlat investitsiyalari inson kapitalining rivojlanişiga kömaklaşadi.

Seminar iştirokçilari 2018 yilda Jahon banki «Inson kapitalini rivojlantiriş» loyihasi – global taşabbusidan xabardor böldi.

Uşbu loyiha uçta komponentdan iborat:

* Inson kapitalining indeksi, soğliqni saqlaş va ta'limning fuqarolarning keyingi avlodi mehnatining unumdorligiga va daromadlari darajasiga kiritayotgan hissasini ölçaydi;

* ta'lim va soğliqni saqlaş sohasida tadqiqotlarga va natijalarini haqqoniy baholaşga kömaklaşiş dasturi, davlatlarga qanday çoralar real samara berişi, va resurslarni nimalarga yönaltiriş lozimligi haqida aniq tasavvur hosil qilişga yordam beradi;

* Jahon banki tomonidan inson kapitalini rivojlantiriş yölida tösiqlarni bartaraf etişdan manfaatdorligini bildirgan deyarli 40 ta jahon davlatlariga, şu jumladan Özbekistonga beriladigan qöllab-quvvatlaş.

«Özbekiston huqumati iqtisodiyot özgarişlari va davlatning kelajagi uçun hal qiluvçi ahamiyatga ega bölgan inson kapitalini rivojlantirişga davlat investitsiyalari muhimligini e'tirof etadi.

Biz mamnuniyat bilan, Özbekiston 2018 yilda Inson kapitalini rivojlantiriş loyihasini amalga oşirişni qöllab-quvvatlagan jahonning boşqa 27 ta davlatlariga qöşilgan Markaziy Osiyodagi birinçi davlat bölganligini bildiramiz», — deb aytdi Jahon bankining Özbekistondagi vakolatxonasining rahbari Xideki Mori.