Qayd etilişiça, 2020 yilning 9 oyi uçun tölov balansining joriy operatsiyalar hisobi defitsiti 2019 yilning 9 oyiga nisbatan 63 foizga kamayib, 663 mln dollarni taşkil qildi.

«Uşbu holat import hajmining eksport hajmiga nisbatan yuqori sur'atlarda qisqarişi, xalqaro pul ötkazmalarining deyarli ötgan yil darajasida saqlanib qolişi va oltin narxining jahon bozorida ösişi kabi omillar bilan izohlanadi», - deyiladi şarhda.

Jahon bozorlarida energiya resurslari narxining tuşişi, şuningdek koronavirus pandemiyasi ortidan jahon iqtisodiyoti ösiş sur'atlarining sekinlaşişi tovarlar va xizmatlar eksporti hajmiga öz ta'sirini körsatib, 2019 yilning 9 oyiga (12,9 mlrd dollar) nisbatan 1,1 mlrd dollarga qisqarib, 11,8 mlrd dollarga teng böldi.

Tovarlar va xizmatlar importi ötgan yilning mos davriga (19,5 mlrd dollar) nisbatan 3,4 mlrd dollarga qisqarib, 16,1 mlrd dollarni taşkil etdi.

Savdo balansining manfiy saldosi 2019 yil 9 oyiga nisbatan 35 foizga yaxşilanib, 4,3 mlrd dollarga teng böldi.