Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Sudanni terrorizmga homiylik qiluvchi davlatlar ro‘yxatidan chiqarmoqchi
Afrikadagi Sudan davlati bosh vaziri Amerika rahbariga o‘z minnatdorligini bildirgan, chunki sanksiyalar Sudanga juda katta zarar yetkazgan edi.
Oq uy rahbari Donald Tramp ekstremizm qurbonlari va ularning oilalariga millionlab dollarlik tovon puli to‘laganidan keyin Sudanni terrorizmga homiylik qiluvchi davlatlar ro‘yxatidan chiqarish niyatini bildirdi. Amerika prezidenti bu haqida 19 oktabr kuni tvitterdagi sahifasiga yozib qoldirgan.
«Katta yutuqlarga erishayotgan Sudanning yangi hukumati AQShda terrorizm qurbonlari va ularning oilalariga 335 million dollar to‘lashga rozi bo‘ldi. Bu amalga oshirilsa, men Sudanni terrorizmga homiylik qiluvchi davlatlar ro‘yxatidan chiqaraman», deyilgan xabarda.
Sudan bosh vaziri Abdulla Hamduk Amerika rahbarining ushbu qaroriga munosabat bildirgan.
«Prezident Trampga terrorizmga homiylik qilgan mamlakat sifatida Sudanga qarshi sanksiyalarni bekor qilish niyatini bildirgani uchun minnatdorlik bildiraman, sanksiyalar Sudanga katta iqtisodiy zarar yetkazdi», deb yozgan Sudan rahbari ijtimoiy tarmoqda.
Ma'lumki, Vashington Sudan sobiq hukumatini terrorizmga sheriklikda ayblagan. Amerikaning terrorchilarga homiylik qilgan mamlakatlar ro‘yxatiga bugungi kunda Eron, Shimoliy Koreya va Suriya kiritilgan.
Avvalroq Sudanning muvaqqat hukumati va bir qancha ayirmachi guruhlar o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risidagi tinchlik bitimini tuzgandi. Chad, Qatar, Misr, Afrika ittifoqi, YeI va BMT ushbu kelishuvda kafolatchi tomonlar sifatida ishtirok etgan.
Mavzuga oid
14:52 / 08.12.2025
Sudanda bog‘chaga hujumdan so‘ng o‘nlab bolalar halok bo‘ldi
22:47 / 10.11.2025
Ikki general urushi: «jahannamga aylangan» davlat haqida
16:04 / 04.11.2025
Sudan inqirozi: Misr, BAA, Saudiya va Rossiya manfaati to‘qnashyaptimi?
16:32 / 31.10.2025