Viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berişiça, Saidahmad Sultonov Namangan viloyati hokimining sanoatni rivojlantiriş, kapital quriliş, kommunikatsiyalar va kommunal xöjalik masalalari böyiça örinbosari etib tayinlandi.

Saidahmad Sultonov 1976 yili Namangan şahrida tuğilgan. Ma'lumoti oliy, 1998 yili Namangan muhandislik-iqtisodiyot institutini tamomlagan. Mutaxassisligi muhandis-texnolog. 2012—2018 yillarda Namangan şahar hokimining örinbosari bölgan.
Saidahmad Sultonov 2018 yildan buyon Namangan viloyat quriliş boş boşqarmasi boşliği sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Anvarjon Hakimov Namangan viloyati hokimining qişloq va suv xöjaligi masalalari böyiça örinbosari etib tayinlandi.

Anvarjon Hakimov 1967 yili Çortoq tumanida tuğilgan. Ma'lumoti oliy, 1991 yili Andijon paxtaçilik institutini tamomlagan. Mutaxassisligi olim-agronom.
U 2018 yildan buyon Namangan viloyati qişloq xöjaligi boşqarmasi boşliği sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Şuningdek, Akbarali Asqarov Namangan viloyati hokimining madaniyat masalalari böyiça maslahatçisi etib tayinlandi.

Akbarali Asqarov 1962 yili Uyçi tumanida tuğilgan. Ma'lumoti oliy, 1986 yili Toşkent davlat konservatoriyasini tamomlagan. Mutaxassisligi konsert ijroçisi, öqituvçi.
U 2018 yildan buyon Özbekiston davlat filarmoniyasi özbek milliy mumtoz aşula ansambli badiiy rahbari sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.







