«Özbekkino» milliy agentligi buyurtmasiga binoan suratga olinayotgan «Meros» badiiy filmining ayrim epizodlari Qöqon şahrida ham tasvirga olinmoqda.
Film özbek va qozoq xalqlarining qadimiy döstligi, an'ana va e'tiqodlarining birligi haqida hikoya qiladi. Filmning Qöqon şahrida tasvirga tuşiriladigan epizodlari uçun temiryöl vokzali yaqinidagi hudud tanlandi va u yerda maxsus pavilon yaratildi.

Badiiy filmning Qöqon şahridagi tasvirga oliş jarayonlarida kartina qahramonlari – özbek yigiti Baxşullo va qozoq qizi Aygulning uruşdan keyingi uzoq kutilgan uçraşuvi tasvirlangan.
Film rejissyori – Hilol Nasimov va unda Rustam Karimov, Munavvara Abdullayeva, Ğayrat Husayinov, Bobur Aytbagambetov, Fotih Nasimov, Oysanam Yusupova singari aktyor va aktrisalar rol ijro etmoqda.

Ijodkorlarning Kun.uz'ga ma'lum qilişiça, filmni Özbekistonda tasvirga oliş işlari yakunlanmoqda. Qolgan qismlar Qozoğiston va Belarusda suratga olinişi rejalaştirilgan.








