O‘zbekiston | 13:31 / 24.10.2020
4691
1 daqiqa o‘qiladi

Milliy reytingda kuchli uchlikka kirgan OTMlarga akademik va moliyaviy mustaqillik beriladi

AOKAda o‘tkazilayotgan matbuot anjumanida Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘i Ulug‘bek Toshkenboyev so‘z oldi.

Uning ma'lum qilishicha, oliy ta'lim muassasalarining milliy reytingida so‘nggi 5 yil davomida doimiy ravishda birinchi 3ta o‘rindan birini egallagan OTMlarga oliy ma'lumotli kadrlar tayyorlash bo‘yicha akademik va moliyaviy mustaqillik beriladi. 

Akademik va moliyaviy mustaqillikni belgilashda esa xalqaro e'tirof etilgan ta'rif va standartlarga asoslaniladi, ya'ni mustaqillik mezonlarini Yevropa universitetlari assotsiatsiyasi standartlariga muvofiq qabul qilish belgilanmoqda.

Гулзода Иброҳимова
Tayyorlagan Гулзода Иброҳимова
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid