Londonning Hitrou aeroporti tarixda birinçi marta Yevropaning eng yirik aeroporti maqomini yöqotdi.
Uni Parijdagi Şarl de Goll aeroporti ortda qoldirdi.
Hitrou yanvar-sentabr oylarida 18,97 mln yölovçiga xizmat körsatgan bölsa, Parij aeroportida bu körsatkiç 19,27 mln nafarni taşkil etgan.
Uçinçi örinda Amsterdamning Şiphol aeroporti turibdi (17,6 mln nafar yölovçi), keyingi öringa esa Frankfurt aeroporti joylaşgan (16,16 mln).
Yölovçi oqimining pastligi sababli Hitrou yil boşidan buyon 1,5 mlrd funt sterling zarar körgan, deb yozadi The Guardian.
Hitrou rahbariyati yölovçilarni koronavirusga testdan ötkaziş rejimini joriy etişda "sust harakat" qilayotgani uçun hukumatni keskin tanqid qilgandi. Qayd etilişiça, şu sababli uning boşqa aeroportlarga nisbatan raqobatbardoşligi yomonlaşmoqda.











