Agentlik direktori örinbosari öz feysbuk sahifasi orqali şu yilning mart oyi holatiga vazirliklarning markaziy boşqaruv apparatida faoliyat yuritayotgan yoşlar va xotin-qizlar uluşi böyiça tahlil natijalarini ma'lum qildi.

Unga köra, 20 ta vazirlikning markaziy apparatida faoliyat yuritayotgan 849 nafar yoşlardan 121 nafari (14,3 foiz) mas'ul (rahbar) lavozimlarda işlab kelmoqda.

«Bu borada eng yuqori körsatkiç Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligida (47,3 foiz) va eng past körsatkiç Soğliqni saqlaş vazirligida (0 foiz) hamda Taşqi işlar vazirligida (0 foiz) kuzatilmoqda», – deyiladi postda.

Dilnoza Kattaxonovaga köra, tahlil qilingan 20ta vazirlikning markaziy apparatida (boşqarmalar hisobga olinmagan) işlayotgan xotin-qizlar körsatkiçi ham turliça köriniş olgan.

«Bunda jami 20ta vazirlikda işlab kelayotgan 849 nafar yoşlardan 210 nafarini (24,7 foiz) yoş xotin-qizlar taşkil qiladi. Masalan, gender tengligi böyiça eng yuqori körsatkiç Suv xöjaligi vazirligida (65,2 foiz), Adliya vazirligida (50 foiz) bölsa, eng past körsatkiç Iqtisodiyot va sanoat vazirligida (4,3 foiz), Taşqi işlar vazirligida (4,8 foiz), Jismoniy tarbiya va sport vazirligida (6,7 foiz), Qişloq xöjaligi vazirligida(6,9 foiz) taşkil qilyapti», – deb yozadi u.

Kun.uz muxbiri uşbu raqamlar böyiça qöşimça ma'lumot oliş uçun Kattaxonovaning özi bilan boğlanganda, agentlik rahbari Özbekistonda qizlarning oliy ta'lim muassasalariga öqişga kirişi böyiça tahlillarni ham taqdim qildi.

Unga köra, hozirda umumta'lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarini bitirayotgan qizlarning oliy ta'lim muassasalariga öqişga kiriş körsatkiçi juda past darajada qolmoqda.

Bunda umumta'lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarini bitirayotgan qizlarning bor-yöği 10 foizi oliy ta'lim muassasalariga öqişga kirayotgan bölsa, qolgan 90 foiz qizlar mehnat bozorida yoki uy yumuşlari bilan şuğullanadi, mustaqil, yakka tartibda ta'lim oladi.

Jumladan, Buxoro va Navoiy viloyatlarida öqişga hujjat topşirgan qizlar soniga nisbatan talabalikka tavsiya etilgan qizlar körsatkiçi eng yuqori (18-17 foiz), Toşkent viloyatida esa eng past (6 foiz) (eng yuqori körsatkiçga ega hududlardan 3 barobar kam) taşkil etadi.