2019 yil 1 sentyabrdan boşlab eng kam iş haqi (EKIH) örniga mehnatga haq tölaşning eng kam miqdori (MHEKM), bazaviy hisoblaş miqdori (BHM) va pensiyani hisoblaşning bazaviy miqdori (PHBM) amal qilmoqda. Şu munosabat bilan qonunlar va ayrim qonunosti hujjatlaridagi atamalarga tuzatişlar kiritildi. 
 
Norma’ning yozişiça, BHM quyidagilarni hisoblab çiqarişda ham qöllaniladi:

  • davlat mukofotlari (şu jumladan, mukofot pullari), idoraviy mukofotlar, jumladan unvonlar, esdalik va kökrak nişonlari uçun nazarda tutilgan mukofotlar miqdorlarini;
  • oziq-ovqat va yölkira uçun xarajatlar qiymatini qoplaş va şu kabi ayrim kompensatsiyalarni.

 Xususan, endi quyidagilarga BHMga karrali miqdorda kompensatsiyalar tölanadi:

a) quyidagilarga turar joy xizmati böyiça kommunal va boşqa körsatilgan xizmatlar tölovi uçun - har yarim yilda bir marta BHMning 3 baravari miqdorida pul kompensatsiyasi tölovi uçun:

  • terrorizmga va jinoyatçilikka qarşi kuraşiş hamda jamoat xavfsizligini ta'minlaş çoğida olgan jarohati tufayli nogiron bölib qolgan IIOlari xodimlariga;
  • qaramoğida terrorizmga va jinoyatçilikka qarşi kuraşiş hamda jamoat xavfsizligini ta'minlaş çoğida halok bölgan IIOlari xodimlarining voyaga yetmagan farzandlari bölgan şaxslarga.

b) obodonlaştiriş bölinmalari xodimlarining oziq-ovqati uçun – BHMning 1 baravari.

Şuningdek, birja savdolarida paxta texnik çigitini realizatsiya qiliş şartlariga tuzatişlar kiritildi:

  • ular taşkiliy-huquqiy şaklidan qat'i nazar mahalliy korxonalarga sotiladi (ilgari – mulkçilik şakllari);
  • sotib oluvçilar töliq texnologik siklda - mağizni yançiş, gidrotermik işlov beriş, presslaş, ekstraksiyalaş, rafinatsiyalaş, dezodoratsiyalaş va qadoqlaş sexlarida qayta işlab olingan tayyor mahsulotlar uçun tegişli gigiyenik xulosa va muvofiqlik sertifikatlariga ega bölişlari kerak;
  • çigitni töliq texnologik siklda maqsadli qayta işlaganligi hamda zarur hujjatlarning mavjudligini Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qiliş inspeksiyasi tekşiradi.

 
Hujjat 27.10.2020 yildan kuçga kirdi.