28 oktabr kuni Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida qator vazirlik va huquq organlari mutasaddilari hamda xususiy bandlik agentliklari rahbarlari iştirokida uçraşuv ötkazildi.
Vazirlik saytida ma'lum qilinişiça, uçraşuvda «Xususiy bandlik agentliklari töğrisida»gi Özbekiston qonuniga özgartiş va qöşimçalar kiritiş haqida»gi qonunning şu yil 13 noyabrdan kuçga kirişi munosabati bilan kelgusida vujudga kelişi mumkin bölgan muammolarning oldini oliş, uning mazmun-mohiyatini aholiga tuşuntiriş va xususiy bandlik agentliklarining ötgan davrdagi faoliyati kabi masalalar muhokama qilingan.

Uçraşuvda şuningdek, Özbekistonda taşqi mehnat migratsiyasi jarayonlarida iştirok etayotgan fuqarolarning çet elda işlab keliş zarurati va omillari tahlil qilinib, ularning mehnati evaziga turmuş darajasini kötariş masalalariga alohida e'tibor qaratilayotgani ham alohida ta'kidlangan.
«Bu borada Özbekistonda 103 ta xususiy bandlik agentligi reyestr röyxatidan ötgan. Ularning 75 tasiga esa faoliyat yuritiş uçun tegişli litsenziya berilgan va hozirda 25 ta XBA uşbu litsenziya asosida faoliyat yuritmoqda», – deyiladi xabarda.
Ma'lum bölişiça, 2019-2020 yillarda mazkur bandlik agentliklari tomonidan 3214 nafar özbekistonlik fuqarolar Rossiya, Turkiya, Litva, Latviya, Polşa, Bolgariya, BAA, Belarus, Yaponiya, Qozoğiston, Ukraina va Qatar kabi davlatlarga işga joylaştirilgan. Ammo agentliklar tomonidan litsenziya talablari va şartlarini jiddiy tarzda buziş holatlari ham uçramoqda. Buning natijasida köplab fuqarolarga katta miqdordagi moddiy zarar yetkazilgan.
Tahlillarga köra, bugungi kunda 11 ta XBAning 51 nafar rahbar va mas'ul xodimlariga nisbatan jinoyat işi qözğatilgan.
«Mazkur XBAlar tomonidan jami 9338 nafar fuqarodan 79,1 mlrd sömga yaqin pul mablağlari firibgarlik yöli bilan özlaştirib olingan.
Yuqoridagi holatlardan kelib çiqib, kelgusida XBA tomonidan jinoiy harakatlarning oldini oliş maqsadida «Xususiy bandlik agentliklari töğrisida»gi Özbekiston qonuniga özgartiş va qöşimçalar kiritiş haqida»gi qonunning mazmun mohiyati xususiy bandlik agentliklari rahbarlariga batafsil tuşuntirildi», – deyiladi vazirlik xabarida.













