Özbekiston dunyoda Yaponiyaga işçi kuçi olib kiriş imkoniyatiga ega 11-davlatga aylandi. Endi özbek migrantlari Yaponiyada ham mehnat qilib, daromad topişi mumkin. Bu haqda keça, 21 iyul kuni Yaponiya—Özbekiston örtasida mehnat munosabatlari va kasbiy ta’limni rivojlantiriş istiqbollariga bağişlangan ikkinçi mehnat forumida ma’lum qilindi.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi axborot xizmati rahbari Mavjuda Mirzayeva aytişiça, Yaponiyaga şu paytga qadar faqatgina 10 ta mamlakatdan işçi kuçi jalb qilingan. Boisi, Yaponiyada işçi kuçiga bölgan ehtiyoj yetarli darajada bölgan. Forumda vazirimiz Nozim Husanov va Yaponiya kooperativlar uyuşmasi raisi Muruyama Mokoto boşçiligidagi delegatsiya iştirokçilari özaro muloqotga kirişib, özbek migrantlari uçun Yaponiya bozori töliq oçilganini ma’lum qilgan. 

Şuningdek, şu paytga qadar davlat homiyligida 500 nafar özbek işçisi kasbiy ta’limga öqitilgan bölib, şundan 47 nafari Yaponiya işçilari talabi va taklifini ma’qul körgani uçun işlaş iştiyoqi borligini bildirgan.

– Avgust oyida 47 nafar özbek işçisi Yaponiyaga jönab ketadi. Ularning mehnat şaroiti, oylik maoşini öz vaqtida olişi va qulay şart-şaroitda mehnat qilişi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan nazorat qilib boriladi, — deydi Mirzayeva. 

Vazirlik mas’ullarining qöşimça qilişiça, bugungi kunda 100 ga yaqin nomzodlar qişloq xöjaligi va qariyalarni parvarişlaş yönalişi böyiça maxsus malaka sertifikatiga ega bölib, ular Yaponiyaga işga ketiş jarayonida iştirok etmoqda.

Özbekistonlik işçilarning aksariyati hali yapon tilini mukammal bilmaganligi uçun ularga asosan qariyalarni parvarişlaş va qişloq xöjaligida mehnat qilişga takliflar bölmoqda. Davlat homiyligida öqitilayotgan işçilarimiz kelajakda boşqa iş örinlarini ham band etişi közda tutilgan.

Forumda ta’kidlanişiça, avvalroq Yaponiyaga işlaş iştiyoqini bildirib, yapon iş beruvçilarining talablarini bajariş jarayoni özbek migranti uçun 3 ming dollarga tuşgan bölsa, endilikda bu test jarayonlari Özbekistonga olib kelingan bölib, ayni kunda bu xarajat ming dollarni taşkil qilmoqda.