Bu haqda Toşkentdagi Monomarkazda bölib ötgan tadbirda Xorijda vaqtinçalik mehnat faoliyatini amalga oşirayotgan Özbekiston Respublikasi fuqarolari huquqlarini himoya qiliş va qöllab-quvvatlaş masalalari departamenti mudiri Mehriddin Xayriddinov ma’lum qildi.

«Şu kungaça 103 ta xususiy bandlik agentligi reyestr röyxatidan ötgan bölib, şundan 75 ta XBAlarga vakolatli organ tomonidan belgilangan tartibda litsenziya berilgan va hozirda 25 tasi uşbu litsenziya asosida faoliyat yuritmoqda.

Açinarlisi, xususiy bandlik agentliklari tomonidan litsenziya talablari va şartlarini buziş holatlari uçramoqda.

Tahlillarga köra, bugungi kunda 11 ta XBAning 51 nafar rahbar va mas’ul xodimlariga nisbatan jinoyat işi qözğatilgan.

Mazkur XBAlar tomonidan jami 9338 nafar fuqarodan 79,1 mlrd. sömga yaqin pul mablağlari firibgarlik yöli bilan özlaştirib olingan», - dedi Boş vazirning taşqi mehnat migratsiyasi masalalari böyiça maslahatçisi Mehriddin Xayriddinov.

Şu bilan birga, 2019-2020 yillarda XBAlarning sa’y-harakati natijasida 3224 özbekistonlik Rossiya, Turkiya, Litva, Latviya, Polşa, Bolgariya, BAA, Belarus, Yaponiya, Qozoğiston, Ukraina va Qatar kabi davlatlarga qonuniy tarzda işga joylaştirilgan.

Afsuski, XBAlar tomonidan turli qonun buzilişlariga yöl qöyilayotgani bois, XBA tomonidan jinoiy harakatlarning oldini oliş maqsadida 2020 yil 13 avgustda “Xususiy bandlik agentliklari töğrisida”gi ÖzR qonuniga özgartiş va qöşimçalar kiritildi.

Uşbu özgarişlar 14 noyabrdan e’tiboran amal qila boşlaydi.

Xöş, endilikda, XBAlar qanday tartibda işlay boşlaydi?

  • XBA xorijda iş qidirayotgan şaxslarga yozma şaklda bildirişnomada işga joylaştirganlik uçun mijozdan haq undirmasligi qayd etiladi;
    Mazkur bildirişnomada XBA şartnoma majburiyatini bajarmaganda yoki lozim darajada bajarmaganda murojaat qilişi uçun XBAning hamda Özbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining poçta manzili hamda telefon raqamlari körsatiladi.
  • XBAdan jamğarmaga olinadigan zaxira mablaği miqdori bazaviy hisoblaş miqdorining sakkiz ming beş yuz baravari (8500 karra – 182 755 AQŞ dollari)ni taşkil etadi.
  • Xorijga işga joylaştirilayotgan şaxslardan bevosita xizmat haqi undirilmaydi, aksinça, XBA xizmat haqini xorijdagi iş beruvçi tölab beradi.