Hukumat qarori bilan, Mehriddin Akmaloviç Xayriddinov boşqa işga ötişi munosabati bilan Özbekiston boş vazirining maslahatçisi – Xorijda vaqtinçalik mehnat faoliyatini amalga oşirayotgan Özbekiston fuqarolari huquqlarini himoya qiliş va xalqaro iqtisodiy hamkorlik masalalari departamentining boşliği lavozimidan ozod etildi.
Bu departament va lavozim 2019 yilda taşkil etilgandi. Avvaliga Komil Raşidov, 2020 yil avgustida esa Mehriddin Xayriddinov bu lavozimni egallagandi. Xayriddinov bungaça Özbekistonning Moskva şahridagi boş konsuli edi.
Eslatib ötamiz, 2023 yil boşidan boşlangan hukumatdagi tuzilmaviy özgarişlar doirasida boş vazirning barça 3 ta maslahatçisi lavozimi tugatildi. Boş vazir örinbosarlari soni 8 tadan 4 taga tuşirildi.
Özgarişlarga köra, Vazirlar Mahkamasining ijro etuvçi tuzilmasida 269 ta ştatdan 120 tasi qoladi. Bunda, iqtisodiyot va ijtimoiy sohalar böyiça kotibiyatlar, departamentlar va ular huzuridagi bölimlar, şuningdek, Madaniy merosni himoya qiliş inspeksiyasi, Harbiylaştirilgan tuzilmalar faoliyatini moliyaviy va moddiy-texnik ta’minlaş bölimi, Mahalla va nuroniylarni qöllab-quvvatlaş masalalari bölimidan iborat Vazirlar Mahkamasi apparati tugatilmoqda.
Uning örniga hukumat rahbari faoliyatini huquqiy, taşkiliy-texnik, axborot-tahliliy va protokol jihatdan ta’minlaydigan Boş vazir kotibiyati taşkil qilinmoqda.












