Toşkentdagi «Genesis Education» nodavlat ta'lim muassasasi öquvçilari Turkiyaning Antaliya şahridagi xalqaro olimpiadada 12ta medalni qölga kiritdi.

Hafta davomida maktabning 5 nafar öquvçisi sovrindorlar safidan örin oldi:

  • 3-sinf öquvçisi Madina Toliboyeva rus tili, matematika va ingliz tili fanlaridan 1-örinni oldi.
  • 6-sinf öquvçisi Samira Xöjaboyeva matematikadan 1-örin, ingliz tilidan 2-örin, rus tili va biologiyadan 3-örinni egalladi.
  • 6-sinf öquvçisi Vesnin Vladislav geografiya va tarix fanlaridan 3-örinni band etdi.
  • 8-sinf öquvçisi Feruz Öktamov matematikadan 1-örin, ingliz tilidan 2-örinni egalladi.
  • 9-sinf öquvçisi Aqida Arslonxonovaga ingliz tilidan 2-örin nasib etdi.

Taqdirlaş marosimi 31 oktabr kuni Antaliya şahrida bölib ötdi.

Ma'lumot uçun, uşbu olimpiada har yili kuzda Turkiyaning ayni şu şahrida bölib ötadi. Bu yil «Genesis Education» xususiy maktabi öquvçilari törtinçi marotaba uşbu bellaşuvlarda iştirok etdi.