AQŞ fond bozorlaridagi pasayiş tufayli dunyoning eng badavlat kişisi, Amazon asosçisi Jyeff Bezosning boyligi bir kunda 9,5 mlrd dollarga kamaydi, deb xabar bermoqda Forbes.
Amazon aksiyalari narxi 5 foizdan ortiqroqqa pastlab, kompaniya kapitalizatsiyasi 179,4 mlrd dollarni taşkil etdi — bu ötgan haftadagi savdolar yakuniga nisbatan 20 mlrd dollarga kam.
Amazon aksiyalari narxi tuşişi natijasida Bezosning sobiq turmuş örtoği Makkenzi Skottning ham boyligi miqdori kamaydi. U ajraşganidan söng Bezosning kompaniyadagi uluşining çorak qismiga ega bölgandi va bir kunda 3,3 mlrd dollar yöqotdi.
Facebook boş direktori Mark Tsukerbergning boyligi juma kuni 6,4 mlrd dollarga qisqardi. Bunga ijtimoiy tarmoq aksiyalari narxi 6,3 foizga tuşib ketgani sabab böldi.
Tesla boş direktori Ilon Maskning boyligi 4,3 mlrd dollarga kamayib, 87 mlrd dollarni taşkil etdi. Yozda Maskning boyligi 100 mlrd dollardan oşgandi.
Hafta davomida eng köp mablağ yöqotgan milliarderlar röyxatidan yana ikki amerikalik - Rocket Companies kredit taşkiloti asosçisi Deniyel Gilbert va Zoom videoqönğiroqlar servisi asosçisi Erik Yuan bor. Har ikki milliarderning boyligi 1,3 mlrd dollardanga kamaygan.












