Maxsus şifoxona qanday qurilgan?
Zangiota-2 şifoxonasi direktori Doniyor Mirazimovning Kun.uz’ga bildirişiça, şifoxona aynan koronavirus bemorlarini davolaş uçun maxsus loyihalaştirilgan va qurilgan. Şifoxona ilk bemorlarni 6 iyuldan qabul qila boşlagan. Şuningdek, virusga qarşi kuraşda taqsimot markazlari ham taşkil etilgan. Masalan, Toşkent şahridagi «Ekspo markaz», «Yoşlik», «Atlas»dagi markazlar. Bu yerda taşxis va vaqtinça davolaş usullari qöllaniladi. Bundan keyin, muolaja uçun yöllanma beriladi. Maxsus şifoxonalarda esa bemorlarni davolaş uçun imkoniyat va tajriba kattaroq.


«Bu yerda palatalar boks uslubida taşkil etilgan, ya'ni unga bemor taşqari eşikdan kiritiladi. Bemor umumiy yölakda yurmaydi, boşqa bemorlar bilan gaplaşmaydi. Davolaniş tugagaç, yana taşqari eşikdan çiqarib yuboriladi», — dedi u.
Şifoxona direktorining davolaş işlari böyiça örinbosari Nurillo Tojiddinovning ma'lum qilişiça, 18 gektar maydonga qurilgan şifoxona töla quvvati 2 ming öringa möljallangan. Ayni paytda unda 1,2 mingta örin faoliyat körsatyapti. Tojiddinov boks uslubi qanday bölişi haqida batafsil ma'lumot ham berdi.
«Binolarning hammasi boks uslubida qurilgan deyilişi sababi — palatalarning har ikki tomonida eşigi böladi. Bir eşik taşqari hovli tomondan oçilgan, qabul bölimidan çiqqan bemor tez tibbiy yordam maşinasida şu eşik orqali palataga kiritiladi va davolaşdan söng olib çiqiladi. Ikkinçi eşik umumiy koridorga olib çiqadi va an'anaviy körinişdagi palataning eşigi böladi. U orqali faqat şifokor kirib çiqişi mumkin. Har ikki eşik orasida kiçik masofadan söng ikkilamçi eşik bölib, biri yopilmay, ikkinçisi oçilmaydi», — dedi u.


Direktor Mirazimovning ta'kidlaşiça, COVID-19 hali köp örganilmagan, ammo şu narsa aniqki, virusning virulentligi juda yuqori, boşqaça aytganda juda yuqumli virus.
«Şu tufayli, havodagi tomçi zarra orqali yuqişi muhim ahamiyatga ega. Zangiota kompleksida laminar havo almaşinuv tizimi joriy etilgan. Havoni bunday şamollatadigan tizim Markaziy Osiyoda ham yöq. Bundan maqsad – bemor yotgan xonadagi havo doimo almaşib turişi kerak. Xonaga esa gepafiltrdan ötgan havo kiradi. Şartli ravişda buni sterillangan havo deyiş mumkin», — deya qöşimça qildi u.

















