Koronavirusga qarşi kuraşiş ştabi a'zosi Sevara Ubaydullayeva AOKAda ötkazilgan brifingda qanday holatlarda homiladorlarga MSKT-tekşiruvi ötkazilişi haqidagi savolga javob berdi.

«Koronavirusga çalinganda öpkaning jarohatlanişi darajasini aniqlaş uçun MSKT tekşiruv usulidan foydalaniş tavsiya etiladi. Bu usulda öpkaning jarohatlaniş darajasiga qarab kasallik yengil, örta oğir yoki oğir darajada keçayotgani böyiça taşxis qöyiş imkoni mavjud.

Şu bois, bu tekşiruv usuli kasallikning 5-7 kunlaridan söng bemorda yötal va hansiraş belgilari kuçayişi kuzatilganida ötkaziş kerak böladi.

Homiladorlik davrida bu usuldan foydalaniş aslida mumkin emas, bu usuldan foydalaniş uçun ayolning hayotiga xavf solişi mumkin bölgan jiddiy holatlar kuzatilayotgan bölişi lozim.

Savolingizdagi homilador ayolda esa yötal va hansiraş belgilari bölgani bois, unga şifokor MSKT tavsiya etgani körinib turibdi. Lekin şu örinda töxtalişimiz kerak bölgan holat bor, bu tekşiruvni tavsiya qiliş uçun körsatmalardan e'tibor beriş kerak bölgan asosiy holatlardir, ya'ni:

  • şifokor tomonidan homilador şikoyatlaridan taşqari kasallikka oid ma'lumotlarni töliq örganişi, ya'ni koronavirusga çalinganlar bilan kontaktda bölgan yoki bölmaganini aniqlaşi kerak;
  • şifokor tomonidan homilador salomatligi körsatkiçlarini örganiş uçun umumiy köruv ötkazişi kerak.

Agarda homilador ayolning hayotiga xavf solişi mumkin holat aniqlansa, bu tekşiruv usulni tavsiya etişi kerak, çunki inson hayotiga xavf soladigan holatda homiladorlarga kam miqdorda bölsa ham, uni dozasini nazorat qiliş imkoni bilan MSKT tekşiruvi ötkaziladi. MSKTda nurlaniş mavjud va şuni unutmasligimiz kerakki, bu nurlaniş homilaga ta'sir etişi mumkin. Lekin, bu nurlaniş ta'sirini örganiş imkoniyati ham mavjud.

Ya'ni, murojaatingiz böyiça, şunday xulosa berişimiz mumkin, şifokor körsatmasi asosida MSKT ötkazgansiz va bu nurlaniş bolaga ta'sir etişi sizni xavotirga solayotgan bölişi mumkin.

Bu holatda, oldindan turli xulosa çiqarib, özingizni xavotirga qöymaslikka xarakat qiling, yaşaş joyingiz böyiça oilaviy poliklinika şifokori va ginekologga uçraşing. Bolaga nurlaniş ta'sir etişi yoki unda qandaydir özgarişlar paydo qiliş mumkinligini aniqlaş uçun maxsus tekşiruv usullari mavjud, şu tekşiruv usullardan ötişingiz talab etiladi va undan söng xulosa çiqariş mumkin», dedi ştab a'zosi.