Biroq mahalla faoli Ma'mur Çoriyevning Kun.uz’ga ma'lum qilişiça, dastur ijrosi ustidan tizimli nazorat örnatilmagani, mablağlar öz vaqtida ajratilmagani sababli dasturda belgilangan işlar ölda-jölda taşlab qöyilgan.

«Mahallamizga içimlik suvi tortib kelindi. Buning uçun katta rahmat. Biroq haligaça köçamiz asfalt qilinmagan, yöllarimiz quvur tortilganda kavlanib, betartib kömilgani sababli önqir-çönqir bölib yotibdi.

Buning ustiga, dastur asosida köçadagi simyoğoçlarni yangilanişi kerak edi, ammo haligaça bu iş amalga oşirilmadi. Mas'ullarga qayta-qayta murojaatlarimizdan söng simyoğoç uçun 15 ta ustunni olib kelib taşlab ketişdi. Ammo ularni örnatadigan mard topilmayapti», deydi u.

Maqsuda Egamberdiyevaning aytişiça, Madaniyat mahallasining yuqori qismida harbiylar uçun qurilgan köp qavatli uylarning kanalizatsiya quvurlari ham ular yaşaydigan köçadan ötişi belgilangan. Biroq bu quriliş-montaj işlari uçun öz vaqtida pul ajratilmayotgani bois Haqiqat köçasini asfaltlaş keçikib ketgan. Aholi bu köçadan yozda tuproq, qişda loy keçib yurişga majbur bölmoqda.

«Mahallamiz «Obod mahalla» dasturiga tuşganda juda xursand bölgandik. Biroq quvonçimiz uzoqqa çözilmadi. Işlar bunçalik betartib bölişini tasavvur ham qilmagandik. Hali mahallaga içimlik suvi tortilmay turib yölsozlar köçamizni asfalt qilişga tuşişdi. Ertaga suv tortiladigan bölsa, yangi asfalt yana buzilib ketmasin, ikki marta xarajat bölmasin deb Çirçiq şahrining sobiq hokimi Raşidovga murojaat qilib asfaltlaş jarayonini töxtattirdik. Hokim örinbosari Aşurov yordamida mahallamizga içimlik suvi keltirildi.

Şundan söng köçamizdagi simyoğoçlar yangilanişi, çiroqlar örnatilişi kerak edi, ammo simyoğoçlar öz vaqtida ajratilmagani bois bu işlar qolib ketdi. Bundan taşqari, yölsozlar endi asfaltlaşni boşlaşayotganda harbiylarning uylariga tortilgan kanalizatsiya quvurlari bizning köçamizdan ötib, markaziy kanalizatsiya tizimiga ulanadigan bölib qoldi. Ammo bu iş ham çala taşlab qöyilgani bois köçamiz ta'mirlanmayapti, natijada yozda çang yutib, qişda loy keçib yaşayapmiz», deydi Maqsuda Egamberdiyeva.