DXX Sirdaryo viloyati boşqarmasi hamda Boş prokuratura huzuridagi Departamentning viloyat boşqarmasi xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbir davomida Toşkent viloyatining Bekobod şahridan Sirdaryo viloyati tomon harakatlanib kelayotgan “Neksiya” rusumli avtomaşina Şirin şahriga kirişdagi YPX maskanida töxtatilib, tekşirilgan. Unda avtomaşinada yölovçi sifatida ketayotgan fuqaro Q.X. va T.Ş.larga tegişli bölgan qalbaki 20 ming AQŞ dollari mazkur avtomaşina salonining tom qismiga yaşirib qöyilganligi aniqlangan.
Dastlabki suriştiruv harakatlari davomida aniqlanişiça, uşbu fuqarolar oldindan özaro til biriktirib, Qirğizistonda yaşovçi tanişlari orqali 8 ming AQŞ dollariga sotib olgan qalbaki 200 dona 100 AQŞ dollari kupyurasini Tojikistondagi tanişlariga 10 ming AQŞ dollariga sotişni rejalaştirişgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegişli moddasi bilan jinoyat işi qözğatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.











