UzAuto Motors xabarida aytilişiça, bahsli masalalarni asoslaş uçun zarur qöşimça materiallarni tayyorlaşga muddat qisqa ekanligi tufayli kompaniya tomonidan iş körib çiqilişi keyinroqqa qoldirilişini sörab iltimosnoma yöllangan. 

Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi tomonidan iş bir taraflama körib çiqildi, uning yakunida notöliq ma'lumotlarga asoslangan qaror qabul qilindi, deyiladi bayonotda.

Qayd etilişiça, avtomobillarni işlab çiqariş murakkab jarayon bölib, uni örganiş yetarliça vaqt talab etadi. 

“UzAuto Motors faoliyatini yanada çuqurroq va asosliroq örganiş kelgusi sud muhokamalari davomida mumkin böladi – kompaniya özining uşbu huquqidan foydalanişni rejalaştirgan.

Şuni ham qayd etiş örinliki, Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi qoşidagi maxsus komissiya qabul qilgan qaror uzil-kesil hisoblanmaydi – keyingi xatti-harakatlar sud muhokamalari yakunlaridan kelib çiqib belgilanadi.

Öz navbatida, kompaniya avtomobillar narxi asosli ekanligini va hozirgi vaziyatda narxni pasaytiriş imkonsizligini ma'lum qiladi”, - deyiladi bayonotda.