CNN xabariga köra, uşbu usul orqali bemorlar ham COVID-19, ham mavsumiy grippga qarşi natijalarni 3–6 soat içida olişlari mumkin.

«Bu ham tibbiyot xodimlariga, ham bemorlarga test natijalarini kutişdagi noqulayliklarni kamaytiradi», – degan Janubiy Koreyaning soğliqni saqlaş böyiça rasmiy vakili Yun Ta Xo brifingda.

Ma'lumot uçun, Janubiy Koreyada payşanba kuni koronavirusga çaliniş bilan boğdiq 125ta yangi holat qayd etildi. Bu – KDCA (Koreyada kasalliklarni nazorat qiliş agentligi)ning ma'lumotlariga köra, 23 oktyabrdan beri kunlik eng yuqori ösiş hisoblanadi.

Mamlakatdagi tasdiqlangan umumiy kasalliklar soni 27 mingdan ortiqni, vafot etganlar soni esa 475 nafarni taşkil etmoqda.