AQŞ prezidentligiga nomzod demokratlar vakili Jo Bayden amerikaliklarga murojaat qildi. Uning murojaati aynan millatga böldi, tarafdorlariga emas. Bu esa Baydenning saylovda ğalabasi tobora yaqinligidan dalolat.
«Hozirça ğalabani e'lon qilolmaymiz, biroq raqamlar bizning ğalaba şubhasiz ekanini körsatmoqda. Biz saylovlarni yutamiz. Keçadan buyon holat qanday özgarganiga e'tibor bering: 24 soat oldin Jorjiyada ortda borayotgandik, hozir esa u yerda ğolib bölişga yaqinmiz. Pensilvaniyada ham orqada edik va hozir oldinga çiqib oldik. Nevada va Arizonada oldindamiz, Nevadada farqni ikki baravar oşirdik. Biz 300 dan ortiq ovoz olişni möljallayapmiz. Mamlakatda muammolar köp va hozir siyosiy janjal vaqti emas. Biz raqib bölişimiz mumkin, lekin duşman emas», dedi Bayden.
Demokratlar vakili öz nutqida barça amerikaliklarning prezidenti bölişini aytdi. U Tramp ismini faqat bir marta – undan özib ketganini aytiş uçun tilga oldi.
Associated Press ma'lumotiga köra, Bayden 264 ta ovoz bilan prezidentlik poygasida yetakçilik qilmoqda. Donald Trampda esa 214 ta ovoz bor. Ğalaba uçun Baydenga yana 6 ta ovoz kerak va Nevadadagi ğalaba bu uçun yetarli böladi. Biroq Bayden Jorjiya va Pensilvaniyada ham Trampdan özib ketdi. Öz navbatida amaldagi prezident Donald Tramp mağlubiyatini tan olmasligini aytdi. Uning huquqşunoslari allaqaçon saylovda ovozlar soxtalaştirilgani böyiça bir neçta arizalarni sudga kiritgan.












