Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda uy xo‘jaliklarining aksariyati nechta bolali ekanligi ma'lum qilindi
Uy xo‘jaliklari tanlama kuzatuvlari ma'lumotlariga asosan joriy yilning yanvar-sentabr holatiga ko‘ra, 16 yoshgacha bolalari mavjud bo‘lgan uy xo‘jaliklar 74,2 foizni tashkil etdi.
Davlat statistika qo‘mitasi xabariga ko‘ra, shundan:
- bir bolalilar - 23,0 foiz;
- ikki bolalilar - 27,1 foiz;
- uch bolalilar - 16,9 foiz;
- to‘rt va undan ko‘p bolalilar 7,2 foiz uy xo‘jaliklarida kuzatilgan.
Kuzatuv natijalariga ko‘ra, 25,8 foiz uy xo‘jaliklarida 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar mavjud emas.
Ma'lumot uchun, 2000 yilda 81,4 foiz uy xo‘jaliklarida 16 yoshgacha bolalar mavjud bo‘lgan bo‘lsa, 18,6 foiz uy xo‘jaliklarida 16 yoshgacha bolalar mavjud bo‘lmagan.
Mavzuga oid
22:35 / 17.05.2026
Xitoyda 11-qavatdan qulagan bola tirik qoldi
09:31 / 16.05.2026
O‘zbekistonda ayollarga nisbatan erkaklar soni ko‘proq - statistika
22:31 / 05.05.2026
Mart oyida 2,7 mlrd kub gaz qazib olindi. Bu o‘tgan yilning mos davridagidan 30 foizga kam
15:26 / 05.05.2026