Uzaqbergen Utambetov Qoraözak tumani hokimi etib tayinlandi. Bu haqda Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi Matbuot xizmati ma'lum qildi.

U şu kunga qadar Qoraqalpoğiston Respublikasi Örmon xöjaligi boşqarmasi raisi lavozimida faoliyat olib borayotgandi.
U 2019 yilning 25 mayidan beri Qoraözak tumani hokimi lavozimida işlab kelgan Roman Jumabayev örnida iş boşladi.
2018 yildan buyon Çimboy tumaniga hokimlik qilib kelgan Pölat Eşonov ham lavozimini tark etgan.
Kun.uz muxbiri Jöqorği Kengesdagi manbasiga tayanib xabar berişiça, Aybek Tajyetdinov Çimboy tumani hokimi etib tayinlangan.

Şu kunga qadar Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi raisining birinçi örinbosari lavozimida işlab kelgan Aybek Tajyetdinov Çimboyning yangi hokimiga aylangan.
6 noyabr kuni Nukus şahri hokimi özgargani xabar qilingandi. Paraxat Tureşov betobligi uçun lavozimini tark etib, uning örnini Utemurat Panayev egalladi.








