Avvalroq Çimboy tumani hokimi lavozimiga tayinlangan Aybek Tajyetdinov xizmatda foydalaniş uçun «Equinox» avtomobilini xarid qilayotgani haqida xabar berilgandi.

Kun.uz | Qoraqalpoğiston Telegram-kanalida «Çimboydagi öquvçilar 8 km uzoqlikdagi maktabga eşakda borişmoqda» sarlavhasi ostidagi postdan keyin ijtimoiy tarmoqda turli bahs-munozaralar paydo böldi. Jumladan, Troll.uz blogida «Çimboy tumanida öquvçilar eşak minib maktabga qatnamoqda. Şu tumanga hokim bölgan Aybek Tajyetdinov hokim bölganidan 1 oy ötib EQUINOX xarid qilgan», – deb yozildi.

 Kun.uz muxbiri Çimboy tumani hokimligi axborot xizmati rahbari bilan boğlanib holatga aniqlik kiritdi. Axborot xizmati rahbari Nargiza Toliboyevaning aytişiça, «Equinox» xaridi bekor qilingan.

«Avtomaşina xaridi uçun pul ham ötkazilmagan. Hokim hozirda özining avvalgi Captiva'sida yuribdi», — dedi hokimning matbuot kotibi Nargiza Toliboyeva.

Eslatib ötamiz, ilgari Vazirlar Kengaşi raisining birinçi örinbosari lavozimida, hozir esa Çimboy tumani hokimi bölgan Aybek Tajyetdinov «UzAuto Motors» kompaniyasi tomonidan işlab çiqarilgan EQUINOX rusumli maşinani 349 mln sömga sotib oliş böyiça şartnomani 2020 yilning 21 dekabr kuni imzolagandi.

Şartnoma muddati 10 kun qilib körsatilgan. Ammo Çimboy tumani hokimligi boş hisobçisi Zaxaratdin Jiyemuratovning Kun.uz muxbiriga aytişiça, şartnoma töliq bekor qilingan. Şartnomada körsatilgan pul ham ötkazilmagan.