«8 noyabr sanasi mamlakatimiz tarixida abadiy qoladi. Katta faxr bilan aytamanki, qurolli kuçlarimiz Şuşani arman bosqinçilaridan ozod etdi. Biz bu ğalabaga muzokaralar stolida emas, jang maydonida erişdik. Muzokaralardan ma'no yöq. Şuşa bizniki! Qoraboğ bizniki!» – deya uning sözlarini keltirgan TASS agentligi.

Şuşa — Toğli Qoraboğning muhim şaharlaridan biri bölib, u tan olinmagan respublika markazi hisoblangan Stepanakert şahridan 11 kilometr masofada joylaşgan.

Öz navbatida, Armaniston mudofaa vazirligi rasmiy vakili Arsrun Ovannisyan Aliyevning yuqoridagi bayonotidagi sözlarni inkor etib çiqqan. «Şuşadagi janglar davom etmoqda. Bizning armiyamizga işoning va kuting», – deya yozgan u tvitterdagi sahifasida.

Bu vaqtda Boku köçalarida bayramni nişonlaşni boşlab yuborişgan. Aliyevning bayonotidan keyin yuzlab ozarboyjonliklar köçalarga çiqişgan.

Turkiya hukumati ham Ozarboyjonni Şuşa olingani bilan qutlagan. Xususan, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan Qoraboğdagi boşqa hududlar ham tez orada egallanişiga umid bildirgan.

«Armaniston qurolli kuçlari tomonidan egallab olingan qişloq va şaharlarni qaytarib olayotgan ozarboyjonlik qardoşlarning xursandçiligi – Turkiyaning ham xursandçiligidir!» – degan Erdöğan.

Turkiya rahbari strategik ahamiyatga ega bölgan Şuşaning ozod etilişini «Ozarboyjonning bosib olingan boşqa hududlari ham tez orada ozod qilinişini anglatişi»ni aytib ötgan.

«Şuşa arman okkupatsiyasidan ozod etildi. Ğalaba bilan tabriklayman, qadrli birodarim», – deya yozganTurkiya vitse-prezidenti Fuod Oqtoy Ilhom Aliyevga murojaat qilgan holda.

«Davlat bayroği kuni (Ozarboyjonda bu sana 9 noyabrda nişonlanadi) Ozarboyjonning muzaffar bayroği Şuşada abadiyga kötariladi», – degan Turkiya Taşqi işlar vaziri Mavlud Çovuşöğli.

Şuningdek, Turkiya prezidenti ma'muriyati hamda Adolat va taraqqiyot partiyasidan ham tabriklar kelgan.

  • Toğli Qoraboğda Ozarboyjon va Armaniston örtasidagi harbiy harakatlar şu yilning 27 sentyabrida qaytadan boşlandi. Ikki tomon bir-birini provokatsiyada va keng kölamli harakatlarni boşlab yuborişda ayblagan. Ötgan vaqt mobaynida tomonlar vakillari uç marta tinçlik sulhi tuzişdi, ammo har safar öt oçişni töxtatiş töğrisidagi kelişuv buzilmoqda. Harbiy harakatlar oqibatida minglab kişilar halok bölgani aytilmoqda.