Norma’ning yozişiça, Moliya vazirligi, Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi, Energetika vazirligi va OTB örtasida kreditni jalb qiliş böyiça Memorandum imzolangan. 2020 yil 28 sentyabrda OTB Direktorlar kengaşi tomonidan elektr energetika sohasidagi islohotlarni amalga oşirişda Özbekiston budjetini qöllab-quvvatlaş uçun 15 yil muddatga qarz ajratilişi ma'qullangan.
 
«Özbekiston Respublikasida elektr energiyasini hisobga oliş va nazorat qilişning avtomatlaştirilgan tizimini joriy etiş» investitsiya loyihasining umumiy qiymati 457,8 mln AQŞ dollarini taşkil etadi. Loyihaning texnik-iqtisodiy asoslanuvi Moliya vazirligi hamda Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi tomonidan ma'qullangan. Loyiha quyidagi mablağlar hisobiga amalga oşiriladi:

  • 91,3 mln AQŞ dollari – «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ;
  • 250 mln AQŞ dollari – Moliya vazirligi krediti;
  • 20,5 mln AQŞ dollari – OTB krediti;
  • 62,6 mln AQŞ dollari – «Özsanoatqurilişbank» krediti;
  • 33,3 mln AQŞ dollari – Rivojlaniş jamğarmasi.

Energetika vazirligi investitsiya loyihasining amalga oşirilişida OTB qarz mablağlaridan maqsadli va samarali foydalanilişi yuzasidan ijro etuvçi organ hisoblanadi. «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ loyihaning amalga oşirilişini muvofiqlaştiriş va monitoring qiliş, kreditni öz vaqtida özlaştirilişi yuzasidan mas'ul hisoblanadi.
 
OTB tomonidan ajratilgan va Özbekiston budjeti xarajatlarini moliyalaştiriş uçun möljallangan kredit 6 oylik libor + 0,5 foiz stavka bilan 200 mln AQŞ dollarini taşkil etadi. Kreditni söndiriş, ular böyiça foizlar, majburiyat uçun tölovlarni tölaş bilan boğliq xarajatlar Özbekistonning respublika budjeti mablağlari hisobidan amalga oşiriladi.
 
Qabul qilingan hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

«Özbekiston Respublikasida elektr energiyasini hisobga oliş va nazorat qilişning avtomatlaştirilgan tizimini joriy etiş» investitsiya loyihasi TIA asosiy texnik-iqtisodiy körsatkiçlari;

Elektr energetika sohasidagi islohotlarni amalga oşirişda Özbekiston budjetini qöllab-quvvatlaş uçun jalb etilayotgan OTB qarzini söndiriş, foiz va vositaçilik tölovlarini tölaşning prognoz jadvali.