Armaniston boş vaziri Nikol Paşinyan Toğli Qoraboğda harbiy harakatlar töxtatilişi haqida Facebook’dagi rasmiy sahifasida bayonot berdi. Bu qanday şartlar asosida amalga oşirilişi hozirça noma'lum.
Paşinyanning bayonoti matni quyidagiça:
«Aziz vatandoşlar, opa-singillar va aka-ukalar.
Men özim va sizlar uçun juda qiyin qarorni qabul qildim.
Men Rossiya va Ozarboyjon prezidentlari bilan Qoraboğ uruşini [10 noyabr kuni] soat 01:00 da töxtatiş haqida bayonotni imzoladim. E'lon qilingan bayonotning matni şaxsan men uçun va xalqimiz uçun nihoyatda oğriqli.
Men bu qarorni harbiy vaziyatni çuqur tahlil qilib va undan yaxşi xabardor bölgan odamlarning baholaşlariga köra qabul qildim. Şuningdek, qarorim hozir paydo bölgan vaziyatda bu mavjud eng yaxşi yeçim ekanligiga asoslangan. Bularning barçasi haqida yaqin kunlarda batafsil gapirib beraman.
Bu ğalaba emas, lekin toki siz özingizni mağlub hisoblamas ekansiz, mağlubiyat ham emas. Biz heç qaçon özimizni mağlub sanamaymiz, bu bizning milliy birligimiz va uyğoniş asrimizning ibtidosi bölişi lozim.
Biz kelajagimizni rejalaştirib, ötmiş xatolarini takrorlamasligimiz uçun mustaqillik yillarimizni tahlil qilişimiz kerak.
Men barça şahidlarimiz oldida tiz çökaman. Vatanini joni bilan himoya qilgan va qilayotgan barça askarlarimiz, zobitlarimiz, generallarimiz, köngillilarimiz qarşisida egilaman. Ular Arsax armanlarini qutqarişda jonbozlik körsatişdi.
Biz oxirigaça kuraşdik. Va biz ğalaba qozonamiz. Arsax turibdi.
Armanistonga şon-şaraflar! Yaşasin Arsax!
Nikol Paşinyan».
Eslatib ötamiz, Toğli Qoraboğdagi uruşning sönggi kunida Ozarboyjon qurolli kuçlari Şuşa şahrini ozod etişgan, navbatdagi möljal sifatida Toğli Qoraboğ poytaxti Xonkandi (Stepanakert) şahriga hujum boşlayotgan edi.









