Vazirlar Mahkamasining “Mahalliy işlab çiqaruvçilarni qöllab-quvvatlaş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori loyihasi koronavirus global pandemiyasining iqtisodiyotga salbiy ta'sirini kamaytiriş, sotuv bozorlarining qisqarişi oqibatida iqtisodiyotning qator tarmoq va sohalaridagi korxonalarning işlab çiqariş faolligini çeklovçi omillarni qisqartirişga qaratilgan.
Norma’ning yozişiça, qaror bilan:
Davlat xaridlaridagi iştiroki vaqtinçalik taqiqlangan va çegaralangan, xorijda işlab çiqarilgan tovarlar, şuningdek, çet el yuridik va jismoniy şaxslari tomonidan bajariladigan işlarning (xizmatlarning) röyxatini şakllantiriş tartibi töğrisidagi nizom;
Davlat xaridlarida mahalliy işlab çiqarilgan tovarlarga (işlarga, xizmatlarga) preferensiyalar beriş tartibi töğrisidagi nizom;
Davlat xaridlaridagi iştiroki vaqtinçalik taqiqlangan va çegaralangan, xorijda işlab çiqarilgan tovarlar, şuningdek, xorijiy şaxslar tomonidan bajariladigan işlarning (xizmatlarning) röyxatini (jami 302 nomdagi) tasdiqlaş rejalaştirilmoqda.
Qaror prezidentning 2020 yil 21 avgustdagi “Mahalliy işlab çiqaruvçilarni qöllab-quvvatlaşga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida” PQ-4812-son qarorini amalga oşiriş doirasida tayyorlanmoqda.
Loyiha özgartirilişi, unga qöşimçalar kiritilişi yoki rad etilişi mumkin.







