Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 3 iyundagi “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi PQ-3031-sonli qarori hamda prezidentimiz rahbarligida 2019 yil 19 martda “Yoşlar bilan işlaşni samarali taşkil etişda madaniyat, san'at, sport, axborot texnologiyalari, kitob öqişga qiziqişni oşiriş böyiça 5 ta muhim taşabbusni amalga oşiriş töğrisida” ötkazilgan videoselektor majlisi bayonida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlaş maqsadida Xalq ta'limi vazirligi tizimidagi umumiy örta ta'lim maktablari öquvçilari örtasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantiriş, ayniqsa, çekka hududdagi öquvçi-yoşlarni sportga keng jalb etiş, ularning böş vaqtlarini mazmunli ötkaziş, jismoniy tarbiya va sport bilan şuğullantiriş samaradorligini oşiriş borasida Özbekiston “Yoşlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati Markaziy kengaşi tomonidan köplab ijobiy işlar amalga oşirib kelinmoqda.



Jumladan, Markaziy kengaşning budjetdan taşqari mablağlari hisobidan Xatirçi tumanidagi 18-umumta'lim maktabiga sun'iy qoplamali futbol maydoni qurilib, joriy yilning 7 noyabr kuni foydalanişga topşirildi.
Uşbu stadionning oçiliş marosimida Xatirçi tumani hokimi örinbosari O.Nişonov, Özbekiston “Yoşlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati Markaziy kengaşi raisining birinçi örinbosari T.Toyirov, sport faxriylari hamda taniqli sportçilar iştirok etdi.



Şundan söng sportning futbol turi böyiça öquvçilar va pedagog xodimlar örtasida sport musobaqasi bölib ötdi. Mazkur musobaqaning ğolib va sovrindorlari Markaziy kengaş tomonidan qimmatbaho esdalik sovğalari bilan taqdirlandi.
Özbekiston “Yoşlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati matbuot xizmati








