AQŞ prezidenti saylovlarida muhim ştatlardan biri hisoblangan Jorjiyada 3 noyabrda ötgan saylovlarda berilgan 5 mln ovoz töliq qayta hisoblab çiqiladigan böldi. Bu haqda CNBC telekanali ştat davlat kotibi Bred Raffenspergerga tayanib xabar berdi.        

Raffenspergerning ta'kidlaşiça, uşbu qaror nomzodlar Jo Bayden va Donald Tramp uçun berilgan ovozlar örtasidagi farq kiçikligi sababli qabul qilindi.

“Farq kiçik bölgani sababli, har bir okrugda byulletenlar boşqatdan qölda hisoblab çiqiladi va oxir-oqibat biz yakuniy farq qança bölgani haqidagi savolga aniq javob beramiz”, deb aytgan Raffensperger.

Ta'kidlanişiça, saylovlarda ğalaba qozongani e'lon qilingan Bayden va amaldagi prezident Tramp örtasidagi farq Jorjiyada Bayden foydasiga 15 mingdan kamroq ovozni taşkil qilmoqda. Uşbu ştatdagi ğalaba nomzodga 16ta ovoz beradi. Biroq Jorjiyadagi ğalaba Trampga prezident bölişi uçun baribir kamlik qiladi.    

Raffenspergerning qöşimça qilişiça, ovozlar qayta hisoblanişi 20 noyabrgaça davom etadi. 

Fox News telekanali ma'lumotlariga köra, Jorjiyada 99 foiz byulletenlar qayta işlangandan keyin Bayden Trampdan kiçik farq bilan oldinda bormoqda: Baydenda 49,5 foiz (2,471 mln), Trampda esa 49,2 foiz (2,457 mln) ovoz bor.