«Bizning körsatkiçlarimizni oladigan bölsak, Yevropa va soğlom turmuş tarzini avvalroq yölga qöygan davlatlardan ança orqada ekanimiz közga taşlandi. Şuning uçun ham yuriş, yuguriş, stritbol, badminton, mini futbol, voleybol, basketbol kabi öyinlar orqali biz aholini sportga jalb qilmoqçimiz.
Albatta, boşlanişida ularni sportga qiziqtirib, uylaridan, işxonalaridan çiqarib sport tadbirlarini taşkil qiladigan bölsak, 1–2 oydan keyin avtomatik ravişda soğlom turmuş tarzi ularning har kun e’tibor qiladigan işlariga aylanib qoladi.
Özimizdan misol keltiradigan bölsam, 2–3 kun sport bilan şuğullanmasak, nimadir yetişmayotgandek tuyuladi. Aholimiz ham şunday holatda bölsa, öylaymanki, har qanday kasallikning oldini sport orqali oliş, sport orqali yengiş mumkin böladi», – dedi vazir örinbosari.

Ravşan Ermatov kuniga 10 ming qadam yurgan fuqaro moddiy rağbatlantirilişi ğoyasiga munosabat bildirdi.
«10 ming qadam yurgan şaxsning hisob raqamiga 3 ming söm ötkazilişi bir stimuldek körinsa-da, lekin mening işonçim komilki, bunça qadamlarni bizning aholimiz pul uçun emas, öz soğliğini tiklaş uçun, qandaydir kasalliklarga uçramaslik uçun taşlaydi.
Töğrisini aytganda, biz xalqaro tajribada bunday yondaşuvni körmaganmiz, bu – özbek modeli va özbekistonliklar öz modelini tarğibot qilyapti.
Yaqinda öqidik, bu yangilik Buyuk Britaniyaning The Guardian naşrida ham çop etildi. Öylaymanki, soğlom turmuş tarzi va sportga bunday yondaşiş juda katta natijalarni yaqin orada beradi», – dedi Ravşan Ermatov.
- Oktabr oyida imzolangan prezident farmoniga binoan, bir sutkada 10 ming qadam yurgan fuqarolarga 3 ming söm tölanadigan mexanizm joriy etiladi. Buning uçun «Soğlom turmuş tarzi» nomli platforma 2021 yil 1 martga qadar işlab çiqiladi.
- Har oyda har bir tuman (şahar) böyiça eng köp yurgan şaxsga 300 ming sömdan, har bir hudud böyiça eng köp yurgan şaxsga 500 ming söm, respublika böyiça eng köp yurgan şaxsga 1 mln söm qöşimça ravişda platformadagi elektron hamyoniga ötkaziladi.






