Qaror bilan Loyiha-qidiruv va quriliş-pudrat taşkilotlari reytingini hisoblaş va yuritiş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlandi. Belgilanişiça, reyting hisobi Quriliş vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan metodikalar asosida yuritiladi.
Norma’ning yozişiça, reytinglarni hisoblaş uçun Quriliş vazirligiga:
- Davlat soliq qömitasi, Davlat statistika qömitasi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan iş tajribasi, xodimlar, şu jumladan, malakali mutaxassislar soni, asosiy vositalar hajmi, olingan daromadlar, tölangan soliqlar va iş haqi fondi töğrisidagi ma'lumotlar;
- Quriliş sohasida nazorat inspeksiyasi tomonidan qurilişi tugallangan obektlar hajmi, şaharsozlik qonunçiligini buziş holatlarini bartaraf etiş töğrisidagi bajarilişi majburiy bölgan körsatmalarning mavjudligi va ularning ijrosi töğrisidagi ma'lumotlar;
- boşqa mutasaddi vazirliklar va idoralar tomonidan zarur idoraviy ma'lumotlar taqdim etiladi.
Quriliş vazirligi, DSQ, Davlat statistika qömitasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, mutasaddi vazirliklar va idoralarga:
- reytinglarni joriy etiş uçun "Şaffof quriliş" milliy axborot tizimi bilan integratsiyalaştirilgan dasturiy ta'minotlar bir oy muddatda işlab çiqilişi va işga tuşirilişini;
- reytinglar hisobini yuritiş uçun zarur bölgan statistik va idoraviy ma'lumotlar reyestrlarini özida aks ettirgan idoralararo hujjatlar ikki hafta muddatda işlab çiqilişi va tasdiqlanişini hamda ijro etilişini ta'minlaş topşirildi.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi reytinglar hisobini yuritiş uçun zarur bölgan dasturiy ta'minotlarni işlab çiqiş hamda "Şaffof quriliş" milliy axborot tizimi bilan integratsiyalaştiriş işlarida Quriliş vazirligiga, mutasaddi vazirliklar va idoralarga amaliy yordam körsatiş topşirildi.
Nizom Özbekistonda röyxatdan ötgan va asosiy faoliyat turi quriliş-montaj işlari va xizmatlarni amalga oşirişdan iborat bölgan hamda şaharsozlik hujjatlarini işlab çiqiş uçun tegişli litsenziyaga ega bölgan yuridik şaxslarning reyting ma'lumotlarini şakllantiriş va yuritiş tartibini belgilaydi.
Şuningdek, Nizomda:
- reytinglarni hisoblaşga oid ma'lumotlar bazalarini şakllantiriş va yuritiş tartibi;












