Taqiqlov 2021 yil 11 yanvardan amal qila boşlaydi. Vaşingtonda Xitoy kompaniyalari Xitoy armiyasiga yordam beriş uçun AQŞ investitsiyalaridan foydalanadi deb hisoblanmoqda.
AQŞ prezidenti Donald Tramp amerikaliklarga Xitoyning harbiy-sanoat majmuasi bilan boğlangan Xitoy kompaniyalariga sarmoya kiritişni taqiqlab qöydi.
Hujjajtda ta'kidlanişiça, Xitoy öz qurolli kuçlari, razvedkasini modernizatsiyalaş va xavfsizlikni ta'minlaş uçun AQŞ sarmoyalaridan tobora faol foydalanmoqda. Trampning fikriça, bu Vaşingtonga va AQŞning xorijdagi harbiy kontingentiga tahdid hisoblanadi, çunki Pekinga yangi qurollar işlab çiqişga va AQŞga qarşi kiberhujumlar sodir etişga imkon beradi.
Farmonda ta'kidlanişiça, Xitoy hukumati xususiy kompaniyalarni harbiy-sanoat majmuasi va razvedkani qöllab-quvvatlaşga majbur qiladi. Uşbu xususiy kompaniyalar, öz navbatida, öz qimmatbaho qoğozlarini amerikalik investorlarga sotadi va AQŞ birjalarida savdo qiladi.
Şu sababli 2021 yil 11 yanvardan Xitoy harbiylari bilan boğlangan kompaniyalar qimmatbaho qoğozlari bilan har qanday bitimlarni amalga oşiriş taqiqlanadi. Bu taqiqlov AQŞ hududida joylaşgan barça kompaniyalar va jismoniy şaxslarga tegişli böladi.
Tramp öz farmoni bilan qoidabuzarlarga qarşi sanksiyalar kiritiş imkonini beruvçi favqulodda holat rejimini ham e'lon qilgan.
2019 yil yozida AQŞda Xitoyning “Huawei” kompaniyasi xitoylik harbiylar bilan boğlangani va ularga aloqa hamda sun'iy ong tizimlarini işlab çiqişda yordam berişi ma'lum qilingan. Şundan keyin Pentagon Xitoy armiyasi bilan bevosita yoki bilvosita hamkorlik qiluvçi Xitoy kompaniyalari röyxatini tuza boşlagan. Uşbu röyxatga “Huawei”dan taşqari, videokuzatuv tizimlari işlab çiqaruvçi “Hikvision” kompaniyasi, “CRCC” konserni va yana 28ta kompaniya kiritilgan. AQŞ fuqarolari röyxatga kiritilgan kompaniyalardagi uluşlarini 2021 yil 11 noyabrgaça sotib yuborişlari belgilab qöyilgan.












