Qirğiziston Markaziy saylov komissiyasining bergan ma'lumotlariga köra, Bişkek vaqti bilan 2020 yil 14 noyabr 11:30 holatiga mamlakat prezidentligiga saylaniş uçun ariza berganlar soni 39 nafarga yetgan.
Qirğizistonda muddatidan avvalgi prezidentlik saylovlari 2021 yilning 10 yanvar kuni bölib ötadi. Nomzodlar uçun ariza berişning sönggi kuni bugun 14 noyabr etib belgilangan.
Ma'lumotlarga köra ariza topşirganlar orasida turli ijtimoiy qatlamga mansub aholi bölib, ularning orasida biznesmenlar, nafaqadagi insonlar, sobiq deputat va huquqni muhofaza qiluvçi organ xodimlari, siyosiy partiyalar yetakçilari va vaqtinça işsiz fuqarolar ham bor.
Şuningdek, amaldagi Qirğiziston prezidenti vazifasini bajaruvçi, mamlakat boş vaziri Sadir Japarov ham bugun saylovlarda iştirok etiş uçun vakolatlaridan voz keçiş niyatida ekanligini ma'lum qildi va Markaziy saylov komissiyasiga ariza topşirdi.
Qirğiziston Konstitutsiyasida mamlakat prezidenti 6 yildan 2 muddatga saylanişi mumkinligi yozilgan. Şuningdek, asosiy qonunga köra, prezidentlikka nomzod 35 yoşdan kiçik hamda 70 yoşdan katta bölmasligi, davlat tilini yaxşi bilişi va umumiy hisobda mamlakatda 15 yil yaşagan bölişi kerak. Prezidentlikka nomzodlar soni çeklanmagan, faqat nomzod sifatida röyxatga oliniş uçun kamida 30 ming saylovçining imzosini yiğiş kerak böladi.
Markaziy Osiyodagi qöşnilaridan farqli ravişda Qirğizistonda prezident saylovlari va umuman boşqa saylovlarda ham nomzodlar sonining köp bölişi odatiy hol. Masalan, 2017 yilgi prezident saylovlarida MSKga 59 kişiga ariza topşirgan edi. Öşanda komissiya bor-yöği 13 kişini nomzod sifatida röyxatga olgan.







