Joriy yilning 13 noyabr kuni telekonferensaloqa orqali Özbekiston Boş vaziri örinbosari – Investitsiyalar va taşqi savdo vaziri Sardor Umurzoqovning AQŞ savdo vaziri Uilbur Ross bilan muzokaralari bölib ötdi.
Muzokaralarda Özbekiston – Amerika şerikçiligining bugungi kun tartibidagi dolzarb masalalari körib çiqildi va ikki mamlakat örtasidagi hamkorlikni har tomonlama mustahkamlaş borasida keyingi qadamlar kelişib olindi.
Tomonlar investitsiyalar va tadbirkorlik sohasidagi hamkorlikning dolzarb yönalişlarini muhokama qildilar - Özbekistonda hozirgi kunda Amerika investitsiyalari iştirokida 276ta, şu jumladan, yuz foiz Amerika kapitaliga ega bölgan 113ta kompaniya faoliyat yuritayotganligi qayd etildi.
Suhbat davomida Amerika va Özbekiston biznes hamjamiyatlarini bir-biriga yaqinlaştiriş böyiça qöşma çora-tadbirlarni amalga oşirişga tayyorlik bildirildi, şu maqsadda joriy yilning noyabr oyi oxirida yangi loyiha va taşabbuslarni ilgari suriş maqsadida AQŞ yirik korporatsiyalari rahbarlari iştirokida “davra suhbati” şaklida videokonferensiya ötkazişga kelişib olindi.
Ikki tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilinib, koronavirus pandemiyasiga qaramasdan ikki tomonlama tovar ayirboşlaşni hajm va tarkib jihatidan oşirişga doir qöşimça çora-tadbirlar körişga kelişib olindi. Şu nuqtayi nazardan, pandemiya şaroitlarida şartnomaviy-huquqiy asoslarni mustahkamlaş va elektron tijoratni rivojlantiriş uçun birgalikda harakatlarni faollaştiriş hamda Markaziy Osiyo mamlakatlarining özaro boğliqligini mustahkamlaşga qaratilgan mintaqaviy ahamiyatga molik qator loyihalarni amalga oşiriş zarurligi ta'kidlandi.
Jahon savdo taşkilotiga (JST) a'zo böliş jarayonida AQŞning Özbekistonga körsatayotgan yordami, xususan, AQŞ Xalqaro taraqqiyot agentligining (USAID) texnik kömagi uçun minnatdorlik bildirildi. Şu bilan birga, U. Ross AQŞ Özbekistonning JSTga a'zo bölişi uçun maksimal darajada yordam körsatişda davom etişiga işontirdi.
Tovar va xizmatlarning AQŞ bozoriga çiqiş böyiça joriy yilning iyul oyida boşlangan muzokaralarda ham sezilarli yutuqlarga erişilganligi qayd etildi. Tomonlar uşbu yönalişda taşkil etilgan konstruktiv muloqot Özbekistonning JSTga a'zo bölişi jarayoniga ham ijobiy ta'sir körsatişiga işonç bildirdi.
Töqimaçilik sohasida hamkorlikni mustahkamlaş istiqbollari körib çiqildi – Amerika brendlari va özbek töqimaçilik korxonalari örtasidagi hamkorlikning ulkan salohiyati ta'kidlandi. Buning zamirida Özbekistonda işlab çiqarilayotgan mahsulotlarning yuqori sifatini ta'minlay oladigan xomaşyo va işlab çiqariş obektlarining mavjudligi yotibdi. Tomonlar özbek işlab çiqaruvçilari va AQŞga töqimaçilik mahsulotlari yetkazib berişdan manfaatdor bölgan Amerika kompaniyalari vakillari örtasida töğridan töğri aloqalarni yölga qöyiş böyiça keyingi qöşma qadamlarni belgilab oldilar.









