Korrupsiyaga qarşi kuraş agentligi oktyabr oyidagi faoliyati yuzasidan hisobot berdi. Unda agentlikka kelib tuşgan murojaatlar yeçim topganiga oid misollar keltirib ötilgan.

Qayd etilişiça, Qoraqalpoğiston Respublikasi, Buxoro, Qaşqadaryo, Toşkent va Namangan viloyatlarida qurilayotgan 528 ta xonadonga quyoş fotoelektr tizimlarini örnatiş belgilangan. Agentlikka ana şu jarayonda qonunçilikka rioya etilmagani böyiça murojaat kelib tuşgan.

Aniqlanişiça, köp qavatli arzon uy-joylarga fotoelektr tizimini örnatiş işlarini bajariş böyiça pudratçi taşkilotlarni tanlab oliş jarayonlari, prezidentning ipotekaga oid 2019 yil 28 noyabrdagi farmoni talablariga amal qilinmasdan taşkil etilgan.

Korrupsiyaga qarşi kuraş agentligi mas’ul idoralarga taqdimnoma kiritgan.

«Natijada «Qişloq quriliş invest» IK» MÇJ Qoraqalpoğiston Respublikasi, Buxoro, Qaşqadaryo va Namangan viloyatlari hududiy filiallari tomonidan quyoş fotoelektr tizimlarini örnatiş böyiça tanlov (tender) savdolari ötkazmasdan pudratçi taşkilotlar bilan oldin tuzilgan arzon uy-joylar qurilişi şartnomalariga qöşimça kelişuvlar bekor qilinib, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tanlov (tender) savdolari qayta taşkil etildi», – deyiladi xabarda.

Boşqa bir holatda, Buxoro şahrida yaşovçi fuqaro agentlikka murojaat qilib, «DEVELOPMENT DREAM HOUSE» MÇJ tomonidan özboşimçalik bilan qurilgan qurilmani bartaraf etiş böyiça sud qarori ijro qilinmayotganidan noroziligini bildirgan. Agentlik uşbu MÇJning mansabdor şaxslariga nisbatan JKning 232-moddasi (Sud hujjatini ijro etmaslik) bilan jinoyat işi qözğatiş haqida Boş prokuraturaga sörov yuborgan.

Toşkent viloyatida yaşovçi tadbirkor esa 400 mln söm pulini firibgarlik yöli bilan qölga kiritgan mansabdor şaxslarga çora körilmayotgani va jinoyat işi JPKning 84-moddasi 1-qismi 1-bandga asosan harakatdan tugatilganidan noroziligini bildirgan. Aksilkorrupsiya agentligi mutaxassislari jinoyat işi hujjatlarini örganib çiqib, tergov bir tomonlama va tölaqonli ötkazilmagan degan xulosaga kelgan va Boş prokuraturaga jinoyat işini harakatdan tugatiş haqida qarorni bekor qiliş haqida taqdimnoma kiritgan.

Avvalroq, Aksilkorrupsiya agentligiga qaysi masalalarda eng köp murojaat tuşayotgani