Rossiyalik virusolog olim Aleksey Agranovskiyning aytişiça, kök çoy, arpabodiyon va anor şarbatini koronavirusga qarşi haqiqiy davo vositasi deb hisoblamaslik kerak.
Uning sözlariga köra, bu kabi «milliy» dorivorlar, ösimlik vositalari ta'sirçan tabobatga aloqador emas. “Inson organizmidagi virusga heç narsa qarşi ta'sir qilmaydi, bunday vosita yöq. Bu kabi «dorivor» deb ataladigan ösimliklar va vositalar şunçaki yolğon umid beradi”, - deydi olim.
Şuningdek, u foydali mikroelementlar va vitaminlarga boy tabiiy mahsulotlar immunitetni kuçaytirişini, lekin heç bir şarbat viruslarni öldiriş kuçiga ega emasligini ta'kidlagan.
Avvalroq, Germaniyadagi Ulma universiteti Tibbiyot markazining molekulyar virusologiya instituti xodimlari arpabodiyon şarbati organizmda koronavirusning faolligini pasaytirişi va uning patogenni (tanasini) 79 foizgaça yöq qilişini aytgan edi. Tadqiqotçilarning sözlariga köra, boşqa tabiiy şarbatlar va kök çoy ham nordon ta'mi va ösimlik polifenollari evaziga kasallikning kuçini zaiflaştira oladi.












