«Bugungi kunga kelib, respublika böyiça umumiy 140ta töliq xususiy nodavlat umumta'lim muassasalari faoliyat yuritmoqda.
Şuningdek, 18ta nodavlat umumta'lim muassasasi taşkil etiş böyiça davlat-xususiy şeriklik töğrisidagi bitimlar imzolangan. Toşkent şahrida 52ta nodavlat umumta'lim muassasasi mavjud. Nodavlat umumta'lim muassasalar soni sönggi yillarda nodavlat ta'lim sektoriga bölayotgan e'tibor va davlat-xususiy şeriklik mexanizmlari hisobiga 6 baravarga oşgan», dedi vazirlik vakili AOKAda ötkazilgan brifingda.
U xususiy maktabni bitirayotganda qanday körinişdagi şahodatnoma olinişi haqidagi savolga javob qaytargan.
«Avvallari nodavlat umumta'lim muassasalari bitiruvçilari mazkur maktabning şahodatnomasini oliş imkoniyatlari yöq edi. Ular davlat umumta'lim maktablarida eksternat tariqasida yakuniy imtihon topşirib, davlat umumta'lim maktabi şahodatnomasini olar edilar.
Bugungi kunda tegişli normativ-huquqiy hujjatlarga özgartiriş va qöşimçalar kiritilib, nodavlat umumta'lim muassasalari ham xuddi davlat umumta'lim maktablari singari bitiruvçilariga davlat namunasidagi şahodatnoma berişlariga şaroit yaratildi», degan u.












