Oliy Majlis Qonunçilik palatasining navbatdagi majlisi bölib ötmoqda. Unda moliya vaziri Temur Işmetov joriy yilning 9 oyiga oid davlat budjeti böyiça ma'lumot berdi. Ma'ruza yakuniga köra Oliy Majlis deputati Maqsuda Vorisova qator savollar bilan murojaat qildi.

– Hisobotda keltirilişiça, tabiiy gaz qazib oliş 19.6 foizga, gaz kondensati işlab çiqariş 34.7 foizga kamaygan. Bu böyiça savol berilganda jahon bozorida gaz mahsulotlariga bölgan talabning pasaygani sabab sifatida körsatilgan. Yaxşi, jahon bozorida şunday vaziyat ekan, nega içki bozorimiz – aholi talabi kundan-kunga oşib borayotgan bölsa, şunga yönaltirilmayapti? Biz aholiga bu vaziyatni qanday qilib tuşuntiramiz? 

Moliya vaziri bu savollarni Energetika vazirligiga yönaltirdi va ularga vazir örinbosari Şerzod Xöjayev javob berdi:

– Tabiiy gaz jahon bozorida kamayganiga e'tibor qaratsak, Özbekiston respublikasida gaz qazib oliş faqat “Özbekneftgaz” tomonidan emas, xorijiy kompaniyalar tomonidan ham amalga oşiriladi. Ma'lum bir davrda qöşma korxonalar eksportni töxtatganligi tufayli işlab çiqariş kamaygan. Şu bilan birga, içki bozorni ta'minlaşga mas'ul bölgan “Özbekneftgaz” tomonidan bir qator işlar amalga oşirilyapti. Bu işlar talab darajasida, közlangan rejalarga erişildi, deb ayta olmayman. Ammo, ötgan yillardagi işlab çiqariş hajmi kamayiş tendensiyasi töxtatildi. Işonamizki, keyingi yil bu öz samarasini beradi.