– Hududlarimizdagi eng katta muammo energiya ta'minoti. Hisobotda energiya uzatişdagi yöqotişlar 9 mlrd kilovatt/soat deb körsatilgan. Bu işlab çiqarilgan jami elektr energiyasining 18.8 foizini taşkil qilişi bildirilgan. Bu holatni qanday izohlaymiz? Yana bir masala – köpçilik iste'molçilarning qölida tölov kvitansiyalari bor, lekin pullari tuşmagan. Bu muammo qanday yeçiladi?

Energetika vaziri örinbosari Şerzod Xöjayev:

– 18,8 foiz texnologik sarf va uzatişlardagi yöqotişni men sal boşqaçaroq tuşuntirgan bölardim, bu faqat yöqotişlar emas, sohaning içki iste'moli ham. Heç qaysi davlatda bu körsatkiç 10-11 foizdan kam bölmagan. Albatta bu 18,8 foiz katta körsatkiç, lekin uni kamaytiriş çoralari köriladi va dastlab 15 foizga, keyin 2030 yil 12,5 foizga tuşiriş möljallangan.

Tadbirkorlarga va aholiga elektr energiyasi yetkazilişi çeklanişi böyiça şuni aytmoqçimanki ötgan yilning şu davriga nisbatan elektr energiyasi yetkaziş 5 foizga oşirilgan. Albatta, biz bu bilan özimizni ovuntira olmaymiz. Işlab çiqariş talabga köra bölişi kerak. Keyingi yil kuz-qiş mavsumigaça qöşimça törtta yangi işlab çiqariş quvvatlari işga tuşiriladi va işlab çiqariş hajmi yana 10 foizga oşiriş közda tutilgan. Hisob-kitoblardagi noaniqliklarga kelsak, albatta bu muammo bor va uni tez orada bartaraf qilamiz.