Ular ham bizning farzandimiz. Imkoniyati çeklangan bolalar öqişidagi muammolarni kim hal qiladi?
|00:43 / 20.11.202015 85011 min
Özbekistonda 21 mingdan ortiq imkoniyati çeklangan bolalar ta'lim oladi. Közi ojiz, eşitişi zaif öquvçilar alohida maktablarda öqitiladi. Pandemiya şaroitida onlayn ta'limga ötilişi bunday bolalar ta'limidagi muammolarni yaqqol körsatib qöydi.
Foto: PinterestFoto: Pinterest
Xalq ta'limi vazirligi ma'lumotiga köra, respublikada 86 ta jismoniy va aqliy rivojlanişida nuqsoni bor bolalar uçun ixtisoslaşgan maktab va maktab-internatlar mavjud. Ularda jami 21 363 nafar öquvçi ta'lim oladi.
Hozir maxsus maktablarda 1–4-sinflar an'anaviy şaklda öqimoqda. Uyi yaqin 5–12-sinf öquvçilari qatnab, qolganlari esa onlayn şaklda öqimoqda. Şunda mazkur yönalişdagi taxminan 45-47 foiz öquvçi onlayn şaklda öqimoqda.
Imkoniyati çeklangan bolalar oddiy bolalarga qaraganda köproq e'tiborga muhtoj, pandemiya şaroitida ular uçun ta'limning masofaviy yölga qöyilişi yana yangi muammolar yuzaga çiqişiga olib keldi.
Közi ojiz bolalarni masofaviy öqişda nimalar qiynamoqda?
Oqmurod Otamurodov, 77-sonli ixtisoslaştirilgan közi ojizlar maktab-internati matematika-informatika fani öqituvçisi:
— Közi ojizlar va zaif köruvçilar uçun ixtisoslaşgan maktabda biz bolalarning köz kasalliklaridan kelib çiqib darsni taqsimlaymiz. Köz kasalliklari turliça va közga oğirlik tuşmasligi uçun bolalarning har biriga individual yondaşiladi. Soğlom bolalarga qaraganda, köriş bilan muammosi bor bolalarning yoziş tezligi 2-3, gohida 4 baravar past böladi. Öqiş tezligi esa 2-3 baravar past böladi. Ular barmoq sezgisi asosida öqiydi, uçi tömtoq maxsus qalam – grifel asosida qoğozni öyib yozişadi. Bu energiya talab qiladi.
Ba'zida bitta tenglama bir neçta betga yoziladi, 12 varaqli daftar 10tagina misol bilan tölib qolişi mumkin.
Odatiy darslarda öqituvçilar geometriya kitobi bölmagani uçun öqituvçilar geometrik şakllarni qölda yoki Brayl printerida çop etib, öquvçilarga körsatar edi. Tasavvur hosil qiliş uçun şu usuldan foydalanganmiz.
Pandemiya şaroitida esa onlayn öqiş ta'limga ta'sir qildi. Masalan, köp joylarda internet tezligi yaxşi emas, aksar öquvçilarda sensor ekranli telefonlar yöq, ota-onasida şunday telefon borlar ham ularning işdan qaytişini kutib qolişadi.
Şuningdek, umumta'lim maktablarida bitta fan bir darslikdan iborat bölsa, közi ojizlar maxsus maktabida bir kitob 6–7, matematika darsliklari 8–9ta kitobdan iborat böladi. Pandemiyada darsliklarni tez-tez kutubxonadan almaştirib turiş imkoni ham köpida yöq.
Bundan taşqari, öqituvçilarning ovozli tarzda mavzularni tuşuntirişining özi öquvçilarning özlaştirişi uçun yetarli bölmayapti. Çunki biror yangi mavzu boşlaşdan oldin undagi elementlar obdon tuşuntirilib, öquvçilarda tasavvur paydo bölgaç, keyin u haqida ma'lumot berilardi. Hozir onlayn darsda mavzu birdaniga tuşuntirib ketilsa, bolalar hali tasavvur paydo bölmasdan ma'lumotlarni özlaştira olmaydi.
Mavzuga oid
Internet trafigi yetarli bölmagani uçun kiçik megabaytli materiallardan foydalanişga harakat qilyapmiz. Bu ham bolalar bilan işlaşni qiyinlaştirmoqda.
Öquvçilar bajargan uyga vazifalarni tekşiriş imkoni esa juda kam. Sababi Brayl alifbosida yozilgan varaqlar rasmga olib yuborilsa, uni boşqa odam öqiy olişi qiyin.
Eşitişi zaif bolalar masofaviy ta'limida qanday muammolar bor?
Dilmurod Yusupov, Buyuk Britaniyaning Sasseks universiteti qoşidagi Taraqqiyot tadqiqotlari instituti doktoranti, inklyuziv rivojlaniş va ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlar masalalari böyiça tadqiqotçi:
— Ayni paytda olib borilayotgan teledarslarda surdotarjima ham berib boriladi. Lekin boşlanğiç sinf kar-soqov bolalar imo-işora tilini yaxşi bilişmaydi. Bundan taşqari, efirga uzatilayotgan darslarni eşitişi zaif bolalarga tuşuntiriş uçun nafaqat surdotarjimon, balki surdopedagog ham kerak. Masalan, fizika fanini bolalarga tarjima qilib berayotgan şaxs şu fanni ham yaxşi bilişi kerak. Şunçaki tarjima qilib ketadigan bölsa, öquvçi fanni özlaştira olmaydi.
Eşitişi zaiflar öqiydigan internatlardagi öquv dasturlari umumta'lim maktablarinikidan farq qiladi. Imkoniyati çeklangan bolalar bir yil köproq öqişadi va ularning dasturlari nisbatan osonlaştirilgan. Masalan, eşitişi zaif bolalar ingliz tili öqişmaydi.
Taklif: 7-sinf umumta'lim maktabi bilan 7-sinf kar va zaif eşituvçilar maxsus maktablarining öquv dasturlarida farq bor. Şuni hisobga olib, darslarni töğridan töğri surdotarjima qilmasdan, bunday bolalar uçun alohida kanal oçiş orqali surdopedagoglar yordamida dars ötiş köproq samara berişi mumkin.
Töğri, bu inklyuziv ta'lim qoidalariga töğri kelmaydi, lekin hozir maxsus internatlarda ta'lim berilayotganini hisobga olib, imkoniyati çeklangan bolalar uçun alohida dasturlar işlab çiqilişi lozim.
Xalq ta'limi vazirligi darslarning surdotarjima bilan berilayotgani haqida hisobotlarida aytib ötişi mumkin, lekin vazirlik bu muammoni imkon qadar içiga kirib hal qilişi kerak. Çunki bolalarning özlaştirişi birinçi darajali ahamiyatga ega.
«Surdotarjimonlar soni qöl bilan sanagulik...»
— Özbekistonda imo-işora tili mavqeyi hali töliq aniqlanmagan. Bizda qonunçilik böyiça imo-işora tili insonlararo muloqot vositasi sifatida ta'riflangan. Boşqa davlatlarda imo-işora tili davlat tili sifatida e'tirof etiladi va uni rivojlantiriş uçun davlat yordam beradi. Lekin bizda na imo-işora tili rivojlangan, na imo-işora tarjimonlari yetarli.
Toşkent şahrining özida surdotarjimonlarni qöl bilan sanaş mumkin. Umuman, surdotarjimonlik unçalik jozibali kasb ham emas. Bu kasbni, asosan, ota-onasi yoki yaqin qarindoşlari gapira olmaydigan kişilar tanlaydi.
OTMlarda imkoniyati çeklangan abituriyentlar uçun alohida kvota ajratilgan, lekin öqitiş uçun ham şaroit yetarli emas. Masalan, universitet yoki hukumatning özi kar-soqov talabalar uçun surdotarjimonlar xizmatini, közi ojiz talabalar uçun esa matnni öqib beruvçilar (Reader) xizmatini taklif qilişi lozim. Çet elda bu amaliyot bor.
Bizga ta'lim tizimi yaqin Rossiyada eşitiş qobiliyati çeklangan har bir fuqaro yiliga federal budjet hisobidan 40 soatgaça surdotarjimadan foydalaniş huquqiga ega, kör-karlar esa 240 soatgaça tiflosurdotarjima (muloqotning daktil (barmoqli), barmoqlar bilan sözlaşiş, kaftga-kaft uslubi orqali imo-işora) xizmatlarini olişlari mumkin. Qöşni Qozoğistonda davlat budjeti mablağlari hisobidan yiliga 30 soatgaça imo-işora tili böyiça mutaxassis xizmati körsatiladi. Ammo Özbekistonda imo-işora xizmatlarining minimal soatlari qonuniy ravişda belgilanmagan va nogironlarga körsatiladigan davlat xizmatlari röyxatiga kiritilmagan.
Taklif: Agar Özbekistonda ham davlat budjeti mablağlari hisobidan surdotarjima, tiflosurdotarjima xizmatlari körsatilsa, bu kasbga qiziquvçilar ham köpaygan bölar edi. Bundan taşqari, bu ta'lim oliş sifatiga ham ta'sir qilgan bölar edi.
«Moodle'dagi ma'lumotlarni gapiruvçi dasturlar yordamida öqib bölmaydi»
Mirali Ğiyosov, talaba:
— Nogironligi bor şaxslar turli tarafdan imkoniyati çeklangan bölişi mumkin. Oyoği yoki qöli işlamaydigan yoşlar öqişga borişga, mustaqil harakatlanişga qiynaladi. Ular uçun pandemiya boşlangaç uyda ta'lim oliş nisbatan qulayroq böldi, menimça. Lekin közi ojiz imkoniyati çeklanganlar uçun masofadan ta'lim oliş ança qiyin.
Men universitet talabasiman. Köpçilik OTMlarda Moodle tizimi orqali darslar davom etmoqda. Bundagi eng katta muammo – Moodle'dagi ma'lumotlarni közi ojiz foydalanuvçilar uçun moslaştirilgan gapiruvçi dasturlar yordamida öqib bölmasligida.
Platformaga yuklangan ma'lumotlarni olib kimgadir öqitişga töğri keladi. Buning esa imkoni deyarli yöq. Özim mustaqil öqişga harakat qilaman desam esa özbek tilidagi ilmiy asarlarni öqib bera oladigan nutq sintezatori yöq.
Men kompyuterda mustaqil va ança yaxşi işlay olaman, lekin kompyuter texnologiyalaridan mustaqil foydalana olmaydigan közi ojizlar ham köp. Pandemiya davrida ular jamiyatdan battar uzilib qolişdi. Onlayn ta'lim şaroitida har qança harakat qilinsa ham, közi ojizlar uçun samarali usullarni topiş qiyin bölmoqda.
Öqituvçilar ham talabalarni tuşunişi, aloqani samarali taşkil etişi kerak. Masalan, bir darcdan yangi öqituvçi dars öta boşlasa va u guruhdagi imkoniyati çeklangan talabalarni bilmasdan turib, ulardan soğlom insonlar bilan bir narsani talab qilmasliklari kerak. Masalan, men özim xohlasam ham, Moodle platformasi orqali öqiy olmayman.
Bunday paytda imkoniyati çeklangan talaba öz dunyosida, öz qobiğida qolib ketişi mumkin.
«Imkoniyati çeklangan bolalarning aksarida kompyuter yöq»
— Bizga masofaviy ta'lim bilan boğliq köp arizalar keladi. Muammo şundaki, köpçilik nogiron bolalarda kompyuter yöq.
Ikkinçi asosiy muammo – internet qimmatligi. Bu böyiça bizning takliflarimiz ham bor. Köp davlatlarda imkoniyati çeklangan öquvçi, talabalarga kompyuterlar tekinga foydalanişga beriladi. Mayli, davlatning bunga imkoni bölmas. Şuning uçun imkoniyati çeklangan yoşlar uçun kompyuterlar kredit asosida berilsa, yaxşi bölardi.
Bundan taşqari, imkoniyati çeklanganlarga internet trafiklari uçun oylik tölovlarda heç bölmasa 30 foiz çegirma qilib berilsa, yaxşi bölardi. Sababi, imkoniyati çeklangan şaxslarning nafaqa puli yuqori emas: 450 ming söm, eng köproq pul oladiganlari ham 650 ming söm atrofida nafaqa oladi. Ular qaysi pulga kompyuter olişi, internet trafigiga yetkazişi mumkin? Ta'lim olayotgan imkoniyati çeklanganlar şu tomonlama qiynalmoqda.
Imkoniyati çeklangan bolalar ham prezident bölişni orzu qila olişi kerak
Ötgan yili Özbekistonda ötgan xalqaro tadbirlardan biriga taniqli bloger va trener Vladimir Vaskeviç kelgan edi. Bolaligidan mutlaqo körmaydigan rossiyalik bloger 20dan ortiq davlatga sayohat qilgan.
Vladimir Vaskeviç tadbirda ötirganlarga şunday degan edi:
Vladimir Vaskeviç
«Men 24 yoşdaman. Garçi közlarim ojiz bölsa-da, şu kunga qadar dunyoning 20dan ortiq davlatida bölganman. Özbekistonning ham köpgina joylarini bilaman. Imkoniyati çeklangan bolalar ham boşqalar qatori katta narsalarni orzu qilişga, örganişga haqli.
Imkoniyati çeklangan bolalarga texnologiyalardan foydalanişni çuqurroq örgatiş kerak. Ular bu orqali ta'lim olişi, barça qatori ijtimoiy tarmoqlardan foydalanişi, öz bloglarini yuritişi mumkin. Tyexnologiyalar imkoniyati çeklangan odamlarga işlaş, oilasini ta'minlaş imkonini ham beradi».
Vladimir zalda ötirgan yuzdan ortiq odamlarni bir muddat közlarini yumgan holda dunyoni tasavvur qilib körişga çaqirgandi.
«Körib turganingizday, heç narsa siz kutganday qörqinçli emas. Men mana şu qoronğu dunyoda yaşab, bolaligimdan futbol öynaşni, yaxtalarga çiqişni örganganman, prezident bölişni xohlaganman», – degandi közi ojiz sayohatçi forum iştirokçilariga qarata.
Özbekistonda ham imkoniyati çeklangan bolalar köp narsalarga erişişi, prezident bölişni orzu qilişi mumkin. Agar ularning ta'lim olişi va jamiyatda öz örinlarini topişlari uçun şaroit yaratişga imkon qadar köproq harakat qilinsa.