1998 yil 30 aprelda qabul qilingan 598–I-son qonun bilan tasdiqlangan Yer kodeksiga özgartiş va qöşimçalar kiritilişi mumkin.

Xususan, kodeks 36-1-modda bilan töldiriladi. Unda yer uçastkasiga bölgan ijara huquqining bekor qilinişi tartibi belgilangan.

Qayd etilişiça, yer uçastkasiga bölgan ijara huquqini tugatiş ijara şartnomasini bekor qiliş yöli bilan amalga oşiriladi.

Yuridik yoki jismoniy şaxs tomonidan yer uçastkasiga bölgan ijara huquqidan ixtiyoriy ravişda voz keçiş maqsadida tuman (şahar) hokimiga berilgan arizasi bir hafta muddatda yerga oid masalalarni körib çiquvçi doimiy komissiyasida körib çiqiladi va komissiya xulosasi asosida tuman (şahar) hokimi yoki xalq deputatlari tuman (şahar) Kengaşi tomonidan yer uçastkasiga bölgan huquqning bekor qilinişi töğrisida qaror qabul qilinguniga qadar yuridik va jismoniy şaxs yer uçastkasi bilan boğliq bölgan majburiyatlarini bajarişga majburdir.

Yer uçastkasini ijaraga oliş muddati tugaşidan bir oy oldin ijaraga beruvçi ijaraga olingan yer uçastkasini qaytarib beriş töğrisida yuridik va jismoniy şaxsga ogohlantiriş yuboradi. Yuridik va jismoniy şaxs ijaraga olingan yer uçastkasini qaytarib berişga rozi bölsa, uning rozilik xati asosida ijaraga beruvçi tomonidan ijara şartnomasini bekor qiliş töğrisida tegişliligiga köra mahalliy davlat hokimiyat organlarining yoki xalq deputatlari Kengaşlarining qarori qabul qilinadi. Uşbu qaror aynan yer uçastkasiga bölgan ijara huquqining bekor bölganligini tasdiqlovçi hujjat hisoblanadi. Yuridik va jismoniy şaxs ijaraga olingan yer uçastkasini qaytarib berişga rozi bölmasa, u holda ijara şartnomasi sud orqali bekor qilinadi.

Agar ijaraçi yer uçastkasi ijarasi şartnomasining muddati tugagandan söng ijaraga beruvçi tomonidan e'tiroz yöqligi bildirilganda, ijara şartnomasi öşa şartlarda ma'lum muddatga qaytadan tuzilişi mumkin.

Yer uçastkasini ijaraga oliş şartnomasining amal qiliş muddati tugaganidan keyin qişloq xöjalik korxonasiga va fermer xöjaligiga ijaraga oliş şartnomasini tanlovlarsiz yangi muddatga uzaytirilişiga yöl qöyiladi.

Yer uçastkasi ijara huquqi berilgan holatlarda, sudning hal qiluv qaroriga binoan ijara şartnomasi bekor qilinadi hamda tuman (şahar) hokimining yoki xalq deputatlari tuman (şahar) Kengaşining qaroriga asosan yer uçastkasi qaytarib olinadi.

Bundan taşqari, kodeks 41-1-modda bilan töldiriladi. Unda yer uçastkalariga bölgan huquqlarni himoya qiliş haqida söz yuritiladi.