Hujjatga muvofiq, Yer kodeksiga tegişli özgartişlar kiritildi.

Endilikda yer uçastkasini yoki uning bir qismini davlat va jamoat ehtiyojlari uçun yer egasining roziligi bilan yoki yerdan foydalanuvçi va ijaraçi bilan kelişilgan holda tegişinça xalq deputatlari viloyatlar va Toşkent şahar Kengaşlarining yoxud Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan olib qöyiladi.

Yer uçastkalarini davlat va jamoat ehtiyojlari uçun olib qöyiş faqat quyidagi maqsadlarda amalga oşiriladi:

  • mudofaa va davlat xavfsizligi, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar ehtiyojlari, erkin iqtisodiy zonalarni taşkil etiş va ularning faoliyat körsatişi uçun yerlar beriş;
  • Özbekiston Respublikasining xalqaro şartnomalaridan kelib çiqadigan majburiyatlarni bajariş;
  • foydali qazilmalar konlarini aniqlaş va qazib oliş;
  • avtomobil va temir yöllarni, aeroportlarni, aerodromlarni, aeronavigatsiya obektlarini va aviatexnika markazlarini, temir yöl transporti obektlarini, köpriklar, metropolitenlar, tunnellarni, energetika tizimi obektlarini va elektr uzatiş tarmoqlarini, aloqa tarmoqlarini, kosmik faoliyat obektlarini, magistral quvurlarni, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini quriş (rekonstruksiya qiliş);
  • aholi punktlari boş rejalarining davlat budjeti mablağlari hisobidan obektlarni qurişga oid qismini ijro etiş maqsadida, şuningdek qonunlarda va prezidentning qarorlarida töğridan-töğri nazarda tutilgan boşqa hollarda.

Qayd etilişiça, yer uçastkalarini davlat va jamoat ehtiyojlari uçun olib qöyiş töğrisida qarorlar qabul qilişga faqat olib qöyilişi rejalaştirilayotgan yer uçastkalarida joylaşgan köçmas mulk mulkdorlari bilan oçiq muhokama ötkazilganidan, foyda va xarajatlar baholanganidan, şuningdek tegişinça davlat va jamiyat ehtiyojlari uçun yer uçastkalarining olib qöyilişi munosabati bilan jismoniy va yuridik şaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplaş böyiça markazlaştirilgan jamğarma bilan majburiy ravişda kelişilganidan keyin yöl qöyiladi.

«Yer uçastkalarini olib qöyişda jismoniy va yuridik şaxslarga tegişli bölgan köçmas mulk obektlarining buzilişiga turar joylar va yaşaş uçun möljallanmagan imoratlar, işlab çiqariş binolari va inşootlari hamda boşqa bino va inşootlar amalda töliq böşatib qöyilganidan, olib qöyilayotgan yer uçastkasida joylaşgan köçmas mulk obektlarining bozor qiymati, köçiriş, yuridik, jismoniy şaxslarni yangi joylaşgan yeri yoki yaşaş joyiga, şu jumladan vaqtinçalik olingan köçmas mulk obektiga köçiriş bilan boğliq xarajatlar, şuningdek jismoniy va yuridik şaxslarning zararlari, şu jumladan boy berilgan foyda va qonunçilikda nazarda tutilgan boşqa xarajatlarning örni töliq qoplanganidan söng ruxsat beriladi», - deyiladi hujjatda