Bu haqda 14 dekabr kuni Qonunçilik palatasining Agrar va suv xöjaligi masalalari qömitasi yiğilişida Yer kodeksining yangi tahrirdagi loyihasi muhokamasida ma'lum qilindi.
Parlament xabariga köra, tadbirda işlab çiqilgan yangi hujjat loyihasining ahamiyatli jihatlariga töxtalib ötildi.
Xususan, amaldagi Yer kodeksida 8ta modda bugungi kun talablariga javob bermasligi sababli loyihadan çiqarilgan, qolgan barça moddalarga özgartiş va qöşimçalar kiritilmoqda.
Yangi tahrirdagi qonun loyihasi yer munosabatlarini tartibga soliş sohasidagi, yerga oid asosiy tuşunçalarni yoritib beruvçi alohida yangi modda bilan töldirilmoqda.
Loyihada yer fondi toifalari soddalaştirilişi bilan birga, davlat yer kadastri sohasidagi munosabatlar, jumladan, yer uçastkasini kadastr raqamlaş, yer uçastkalariga bölgan huquqlarning vujudga kelişi va ularni davlat röyxatidan ötkaziş, yerlar miqdori va sifat körsatkiçlarini hisobga oliş, ular qiymat bahosini aniqlaş masalalarining huquqiy asoslari aks ettirilmoqda.
Tuman (şahar) yer kadastri daftari va navbatçi yer kadastri xaritasini yuritiş, yer resurslari holati töğrisidagi milliy hisobotni tayyorlaş va davlat yer kadastri hujjatlari yuritiş sohasida Davergeodezkadastr qömitasining vakolatlari aniq belgilab qöyilmoqda.
Şuningdek, qonun loyihasida suğoriladigan yerlardan oqilona va samarali foydalanişni ta'minlaş, sanoat, transport, telekommunikatsiya, mudofaa hamda boşqa maqsadlarga möljallangan yerlardan foydalaniş, tabiatni muhofaza qiliş, soğlomlaştiriş, ommaviy dam oliş maqsadlariga möljallangan yerlar va tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar tarkibi, örmon, suv va davlat zaxira fondlari yerlaridan foydalaniş xususiyatlari aks etmoqda.












