AQŞning Jorjiya ştati ma'muriyati uşbu ştatda prezident saylovlarida berilgan ovozlar qölda qayta hisoblab çiqilgandan keyin ştatda Jo Bayden ğalaba qozonganini tasdiqladi. Bu haqda ştat vitse-gubernatori Bred Raffenspergerga tayanib CNN telekanali ma'lum qildi. 

“Raqamlar aldamaydi. Hisoblaşimça, biz bugun taqdim qilgan ma'lumotlar töğri”, deb aytgan Raffensperger.

Ştat ma'muriyati ma'lumotlariga köra, Bayden ştatda 2 mln 475 ming 141ta yoki 49,5 foiz ovoz, amaldagi prezident Donald Tramp esa 2 mln 462 ming 857ta yoki 49,3 foiz ovoz töplagan. Ikki nomzod uçun berilgan ovozlar orasidagi farq 12 mingdan sal köproqni taşkil qilgan.    

Agar Tramp ştabi bu natijalar böyiça e'tiroz bildira olmasa, unda bu ştatda demokratlar nomzodi 1992 yildan beri birinçi marta respublikaçi nomzodni ortda qoldiradi.

30 noyabrda ötgan prezident saylovlaridan keyingi ilk kunlarda Jorjiyada Tramp yetakçilik qilayotgandi. Biroq byulletenlar qayta işlanişi davomida Bayden 6 noyabrga kelib oldinga çiqib olgan. Ştat saylov komissiyasi ma'lumotlariga köra, Bayden Trampni 0,3 foizga ortda qoldirgan va şu sababli ovozlar qayta hisoblab çiqilgan.   

Trampning ta'kidlaşiça, Jorjiya ovoz beriş vaqtida köplab qoidabuzarliklar yuz bergan ştatlardan biri hisoblanadi. Tramp advokatlarining ta'kidlaşiça, uşbu qoidabuzarliklar Baydenga ovozlar hisoblanişining eng oxirida Trampni ortda qoldirişga imkon berdi.

CNN’da ta'kidlanişiça, Jorjiya gubernatori Brayan Kemp 21 noyabr soat 17da tegişli hujjatlar ostiga imzo qöyadi va bu Baydenga saylovçilar vakillarining yana 16ta ovozini beradi. Şu bilan birga, Tramp ştabi nomzodlar orasidagi farq 0,5 foizdan kamroqni taşkil qilayotgani sababli ovozlarning yana bir marta qayta hisoblab çiqilişini talab qilişi mumkin. Bunday holatda byulletenlar qölda emas, balki skanerlar yordamida qayta işlanadi.