Prezident Şavkat Mirziyoyev 23 noyabr kuni Toşkent şahrida yöl-transport infratuzilmasini rivojlantirişga oid konsepsiya taqdimoti bilan tanişdi.

«Toşkentda aholi ham, transport vositalari ham köpayib bormoqda. Oxirgi 10 yilda şaharda avtomobillar soni 250 mingtadan 510 mingtaga, ya’ni 2 baravar oşgan. Şunga mos ravişda transport infratuzilmasi ham rivojlantirilmoqda. Yangi yöllar, köpriklar, yerusti metrosi qurilmoqda.

Xususan, joriy yilda Toşkent metropolitenining «Yunusobod» yönalişida 2 ta stansiya hamda yerusti halqa yölining birinçi bosqiçi işga tuşirildi. Jamoat transportida 56 ta yönaliş maqbullaştirildi. Bular natijasida 170 ming aholining transport xizmati yaxşilandi, ularning transportga ketadigan vaqti örtaça 15-20 minutga qisqardi.

Lekin poytaxtimiz köçalarida yuklama köp, yöl harakatini tartibga solişda kamçiliklar yetarli. Transport vositalari tirbandligi yildan yilga ortib borayotir», – deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Qayd etilişiça, davlat rahbarining poytaxtda jamoat transporti tizimi va infratuzilmasini takomillaştiriş böyiça bergan topşiriği asosida, şahar köçalaridagi muammolar kompleks örganib çiqilgan. Geoinformatsion tizim orqali transport va yölovçilar oqimi tadqiq qilingan.

23 noyabrdagi taqdimotda ana şu tahlillar natijalari haqida prezidentga axborot berilgan.

«Toşkent şahrida 500 dan ziyod katta çorrahalar mavjud bölib, ularning 200 tasida transport vositalarini tezkor ötkaziş darajasi past. Avtomobil töxtaş joylari yetişmasligi sababli yölning birinçi qatorida maşinalar yiğilib, qatnovga xalaqit bermoqda. Haydovçilar uçun ma’lumot belgilari ham yetişmaydi. Piyodalar va velosipedlar harakati uçun qulaylik kam.

Şu kabi kompleks tahlillar asosida Toşkent şahrida yöl infratuzilmasi va jamoat transporti tizimini takomillaştiriş böyiça boş rejaning dastlabki loyihasi işlab çiqildi.

Xususan, poytaxtdagi 24 ta yirik çorrahaning harakatlaniş tartibini optimallaştiriş, bu orqali örtaça töxtaşlar sonini 71 foiz va vaqtini 48 foiz, tirbandlikni 64 foiz, yoqilği sarfini 34 foizga kamaytiriş mumkinligi hisob-kitob qilingan», – deyiladi rasmiy relizda.

Ta’kidlanişiça, taqdimotda Şavkat Mirziyoyev yölovçi taşiş xizmatlaridan aholi mutlaqo norozi ekanini ta’kidlagan.