Kun.uz muxbirining xabar berişiça, boş vazir Abdulla Aripov boşçiligidagi hukumat vakillari ham iştirok etgan muhokamalar jarayonida «Adolat» SDP fraksiyasi a'zosi Şuhrat Polvonov hukumat a'zolari e'tiborini fuqarolar oylik maoşlari hamda unga tenglaştirilgan tölovlarni bankomatlar orqali naqdlaştirganda 1 foiz hisobida bank xizmati tölovi uşlab qolinayotgani bilan boğliq masalaga qaratgan.

Deputat bugungi kunda aholining iş haqi va unga tenglaştirilgan tölovlar deyarli töliq hajmda plastik kartoçkalarga ötkazib berilayotgani, normativ-huquqiy hujjatlarda esa, plastik kartoçkalardagi pul mablağlari naqd pul şakliga tenglaştirilgani, lekin tijorat banklari tomonidan aholining plastik kartoçkalarini bankomatlar orqali naqdlaştirişda 1 foiz miqdorida komissiya tölovi uşlab qolinayotgani haqida gapirgan.

Agar aholining 10 foizi bir oyda bankomatlar orqali örtaça 1 million sömdan pul mablağlarini naqdlaştirsa, oyiga 30 mlrd söm, yiliga esa 350 mlrd sömdan ortiq pul mablağlari banklar hisobiga uşlab qolinişi misol tariqasida keltirib ötilgan.

«Vaholanki, banklar faoliyatini tartibga soluvçi qonunçilikka binoan, plastik kartalardagi pullarni naqdlaştiriş jarayonida maksimal darajada 1 foizgaça bank xizmati uşlab qoliş belgilangan. Nega aynan bugungi kunda maksimal darajadagi 1 foiz uşlab qolinmoqda?», deya savol bilan yuzlangan deputat.

Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmatov bunga javoban mazkur amaliyot tijorat banklarining aholiga bankomat xizmatlarini körsatişdagi xarajatlarini qoplaş uçun joriy etilganini ma'lum qilib, deputatning e'tirozi Markaziy bank hamda Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi tomonidan örganib çiqilişini aytgan.

Şuningdek, deputat tomonidan kötarilgan masalaga boş vazir Abdulla Aripov ham öz munosabatini bildirgan. U mazkur masala qonun loyihasini ikkinçi öqişga tayyorlaş jarayonida körib çiqilişi hamda 1 foizlik ustama tölaqonli olib taşlanmagan taqdirda ham yengillaştiriş masalasi körib çiqilişini ma'lum qilgan.