2019 yilning yakuniy ma'lumotlariga köra, dunyo böyiça 5 yoşgaça bölgan 5,2 million bola turli kasalliklar tufayli vafot etgan. Ularning 1,5 millioni 1–11 oylik, 1,3 millioni 1-4 yoşda bölgan.
Yana bir juda katta raqam: 2,4 million nafar çaqaloq 28 sutkalikkaça bölgan davrda vafot etgan bölsa, 500 ming bola 5-9 yoş oraliğidagi bolalardir.
Beş yoşgaça bölgan bolalar ölimining asosiy sabablari – muddatidan oldingi tuğruq asoratlari, tuğruq jarohatlari yoki asfiksiyalar, öpka zotiljami, tuğma yurak nuqsonlari, iç ketişi va bezgak kabi kasalliklar hisoblanadi.
Yoşi kattaroq bolalar orasida esa bu sabablar yoniga turli jarohatlar, avariyalar va çökiş kabi sabablar qöşiladi.
Yuqoridagi raqamlar juda dahşatli tuyulişi tabiiy. Ammo bu boradagi umumiy tendensiya örganilsa, vaziyat ança yaxşilanayotganini köriş mumkin.
Yaqin tarix, ya'ni 1990 yil statistikasiga e'tibor qaratilsa, ötgan vaqt davomida bolalar ölimi 59 foizga kamaygan. Ya'ni bundan 30 yil avval bir yil içida 12,6 million bola turli sabablarga köra nobud bölgan (2019 yilda – 5,2 mln).
30 yil avval dunyo aholisi 5,2 milliard kişi bölgani, bugungi kunda esa 7,8 milliarddan ortgani hisobga olinsa, bu boradagi körsatkiçlar qay darajada yaxşilangani yanada kuçliroq namoyon böladi. Ya'ni 1990 yilda har 11-bola nobud bölgan bölsa, 2019 yilga kelib har 27-bola 5 yoşgaça vafot etmoqda.
5 yoşgaça bölgan bölgan bolalar orasidagi yöqotişlar böyiça Afrika qit'asi mutlaq yetakçilik qiladi. 2019 yildagi umumiy 5,2 mln.lik körsatkiçning 80 foizdan ortiği Afrika hamda Markaziy va Janubiy Osiyo hududlariga töğri keladi.
Umumiy ölimlarning yarmidan köproği 5 davlat – Nigeriya, Hindiston, Pokiston, Kongo Demokratik Respublikasi va Efiopiya hissasiga töğri kelsa, uçdan biri faqat ikki davlat – Nigeriya va Hindistonda qayd qilinadi.
Bu hududlarda yuqoridagi sabablarga qöşimça yana ikki kuçli omil – töyib ovqatlanmaslik va OITS qöşiladi.
Vaziyat juda murakkabligini hisobga olgan holda, BMT va JSST bolalar ölimini kamaytirişni 2015 yilda «Ming yillik rivojlaniş dasturi»ga kiritgan.








