Kun.uz muxbirining xabar berişiça, tadbirda Içki işlar vazirligi Taşkiliy departament yuridik ta'minlaş boşqarmasi boş yuriskonsulti, mayor Sarvar Mamadaliyev fuqarolarning sovuq qurol olib yurişdan maqsadi qanday aniqlanişi hamda bu borada xodimlar tomonidan mansab vakolatlari suiiste'mol qilinişiga doir savolga javob berdi.
«Piçoq yoki boşqa maişiy maqsadlarda foydalaniladigan aşyolarni ğilofi bölmasa, ularni qalinroq matoga öragan holda sançuvçanlik va kesuvçanlik xususiyatini yöqotiş darajasida örab, körinmaydigan holda olib yuriş mumkin. Ya'ni boşqa şaxsga töqnaşib ketganda tan jarohati yetkaziş xususiyati bölişi kerak emas», - dedi IIV vakili.
Sarvar Mamadaliyevning sözlariga köra, Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksda bu kabi holatlarni qanday tartibda rasmiylaştiriş kerakligi belgilangan.

«Agarda, haqiqatan uşbu aşyolar ötkirlaş maqsadida olib ketilayotgan bölsa yoki qassob bir hovliga qöy söygani ketayotgan bölsa, ularning çiqqan joyi va boradigan joyi aniq. Bundan taşqari, har bir profilaktika inspektorida öz hududidagi aholi haqida ma'lumotlar mavjud. U oşpazmi, qassobmi yoki santexnikmi, biladi. Ikkinçidan, u haqda suriştiriladi, sovuq qurol turidagi buyumlar uning kasb faoliyati bilan boğliqligi örganiladi. Bundan taşqari, çarxlaydigan joy bölsa qaysi hududga borişiga ham e'tibor qilinadi. Balki bozorga boşqa hududga borib, bir yöla öşa joyda piçoğini çarxlatib kelaman deyişi ham mumkin. Bunda barça holatlar hisobga olinadi», – dedi u.
IIV vakilining ta'kidlaşiça, uşbu huquqbuzarliklar uçun jazo sud tomonidan tayinlanadi.
«IIV xodimlari tomonidan holat aniqlanadi va rasmiylaştiriladi. Huquqbuzarlikni rasmiylaştiriş va sud jarayonlarida ham fuqarolarda özini bevosita yoki advokat orqali himoya qiliş, tortişuvçanlik va dalillarni keltirib, aybsizligini isbotlaş huquqi bor. Şuningdek, bunda har bir holatga xolisona baho beriladi.
Aytaylik, keç soat 12 yoki 1da sovuq qurol sifatida foydalaniş mumkin bölgan aşyoni xilvat joylarda olib yuriş qaysi kasbga töğri keladi? Yoki maktab, oliy öquv yurtlariga olib boriş qanday maqsadlarga töğri keladi? Bu joylarda piçoq yoki sovuq qurol sifatida işlatiş mumkin bölgan aşyolarni olib yurişga zaruriyat yöq.
Bu turdagi huquqbuzarliklarni aniqlaşda faqatgina IIV xodimlari emas, jamoatçilik va mahalla ham yordam beradi. Şuningdek bu yönalişda içki işlar vazirining buyruği ham qabul qilingan”, – dedi Sarvar Mamadaliyev.






